Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
149
312. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar dunyo Alloh nazarida 
chivinning qanotichalik qadrli bo‘lganida edi, kofir dunyodan bir tomchi suv ham 
icholmas edi". 
313. Abdurahmon ibn Usmondan rivoyat qilinadi. "Pay-g‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam bir kechani uyqusiz o‘tkazdilar va bomdod namozini "Dumnatul-hay"da, ya’ni, 
qabilaning axlat tashlaydigan joyi tarafda o‘qidilar. Shu joyda o‘lgan echki bolasini 
ko‘rdilar, yog‘larida shish bor edi, ya’ni, uning terisida qurt g‘imirlab yurardi. Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam unga qaradilar va tuyalarini ushladilar. Keyin qavm turdi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mana shu echkining egasi uni past sanab tashlab 
qo‘ygan deb o‘ylaysizlarmi?", dedilar. "Ha, ey Allohning elchisi", deyishdi sahobiylar. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan 
Zotga qasamki, dunyo Alloh huzurida bu uloqning o‘z ahliga xor bo‘lganidan ham 
xorroqdir". 
314. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilindi: "Dunyo mo‘minning 
zindoni, qabr qo‘rg‘oni, jannat esa, uning makonidir. Dunyo kofirning jannati, qabr 
qamoqxonasi, do‘zax esa makonidir". 
Faqih aytadilar: "Dunyo mo‘minning zindoni", degan so‘zlarining ma’nosi, mo‘min agar 
ne’matda va kengchilikda bo‘lsa ham, Allohning jannatdagi ne’matlari oldida bu dunyoda 
go‘yo zindondagidek, deganidir. Chunki mo‘minga o‘lim hozir bo‘lsa, unga jannat 
ko‘rsatiladi. Va o‘zi uchun jannatda tayyorlangan narsalarni ko‘rib biladiki, u qamoqda 
ekan. Ammo kofirga o‘lim kelsa, do‘zax ko‘rsatiladi va Alloh unga tayyorlab qo‘ygan 
narsalarni ko‘rib biladiki, dunyo jannat bo‘lgan ekan. Kim oqil bo‘lsa, zindonda xursand 
bo‘lmaydi, rohatni talab qilmaydi. Oqil kishi dunyoga qaramog‘i, dunyo haqidagi 
zarbulmasallarni fikr qilmog‘i lozim. Alloh taolo va Payg‘ambar alayhissalom dunyoni 
zarbulmasal qilib bayon etganlar. 
Alloh taolo aytadi: 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling