Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
DUNYODAN YUZ O‘GIRISH
306. Faqih Abu Lays Samarqandiy Zayd ibn Sobitdan (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimning niyati oxirat bo‘lsa, Alloh hamma ishlarini jam qilib qo‘yadi. Boyligini qalbida qiladi. Dunyo uni izlab keladi. Kimning niyati dunyotalab bo‘lsa, Alloh uning ishlarini tarqoq etib, kambag‘alligini ko‘z oldida ko‘rsatib qo‘yadi. Unga dunyodan faqat Alloh yozgani keladi". 307. Asvad ibn Qays rivoyat qiladilar: "Men Jundubdan eshitdim, u kishi aytdilarki, Umar (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kirganlarida, u zot qamishdan to‘qilgan sholcha ustida yotgan ekanlar. Ikki yonlarida qamishning izlari bilinib qolgan edi. Umar (r.a.) bu holga yig‘ladilar. Umarni ko‘rib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam so‘radilar: "Ey Umar! Sizni nima yig‘latdi?" Hazrati Umar: "Kisro va Qaysarni esladim. Ularda hamma narsa bor. Siz payg‘ambar bo‘lib, yonlaringizda qamishning izi bilinib qolibdi", dedilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Dunyo yaxshiliklari ularga berilgandir. Biz esa, yaxshiliklari oxiratga kechiktirilgan qavmmiz". Valid Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qiladi. U kishi aytdilar: "Men sizlardagi ikki narsadan qo‘rqaman. Orzu-havasni ko‘paytirish va havoyi nafsga ergashish, chunki uzun orzu oxiratni unuttiradi. Havoiy nafsga ergashish haqdan adashtiradi. Albatta, dunyo orqada qoladi. Oxirat esa, oldinda. Har ikkovining ham farzandlari bor. Sizlar oxirat farzandlari bo‘linglar, dunyo farzandlari bo‘lmanglar. Albatta, bugun amal bor, hisob yo‘q. Ertaga esa, hisob bor, amal qilish yo‘q". Ya’ni, bu kunda amallarni ko‘paytiringizlar. Chunki ertaga amal qilishga imkon topmaysizlar. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 147 308. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning har jum’a qilgan xutbalarini to‘rt yil izladim, lekin topa olmadim. Bir kuni bu xutbalar ansorlardan birida borligi ma’lum bo‘ldi. Uni izlab, Madinaga kelsam, u kishi Jobir ibn Abdulloh ekanlar (r.a.). Men u kishidan: "Siz Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning har jum’a kuni qilgan xutbalarini eshitganmisiz?" deb so‘radim. U kishi: "Ha", deb javob qildilar va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xutbalarini aytdilar: "Ey odamlar, sizlar uchun alomat – belgilar bor, ularning oldida to‘xtang, sizlar uchun chegara bor, uning oldida ham to‘xtang. Mo‘min banda ikki xavf orasida bo‘ladi: O‘tgan umri borasida unga Alloh qanday muomala qilishini bilmaydi va qolgan umri davomida unga nima taqdir qilganini bilmaydi, mo‘min banda nafsidan nafsi uchun, hayotidan o‘limi uchun, yoshligidan keksaygan payti uchun, dunyosidan oxirati uchun ozuqa tayyorlasin. Dunyo sizlar uchun yaratilgan, sizlar oxirat uchun yaratilgansizlar. Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, o‘limdan keyin ayblash yo‘qdir. Dunyodan keyin yoki jannat, yoki do‘zax bo‘ladi. Bu so‘zimni tugataman, sizlarga va o‘zimga Allohdan mag‘firat tilayman". Sahl ibn Abdulloh Tustoriydan zikr qilinadi. U kishi mollarini Alloh toatida infoq etardilar. U zotning onasi va akalari Abdulloh ibn Muborak oldilariga kelib, shikoyat qilishdi: "Bu o‘g‘limiz hech narsani qoldirmay, odamlarga beraveradi. Bizlar uning kambag‘allikka tushib qolishidan qo‘rqamiz", deb. Abdulloh ibn Muborak yordam bermoqchi bo‘lib, Sahlni chaqirtirdilar. Kelganidan so‘ng, Sahl unga aytdilar: "Ey Abdurahmonning otasi, agar shaharlik bir kishi bog‘ sotib olsa va shahardan boqqa ko‘chishni xohlasa, shunda shaharda biron narsani qoldiradimi o‘zi bog‘da turib?" Abdulloh aytdilar: "Agar shahardan boqqa qo‘chmoqchi bo‘lsa, shaharda hech narsasini qoldirmaydi". Shunda aytdilar: "Bir kishi dunyodan oxiratga ko‘chayotgan bo‘lsa, qanday qilib bu dunyoda narsasini tashlab ketadi?" Faqih aytadilar: Oqil kishi dunyodagi rizqiga rozi bo‘ladi va mol to‘plashga mashg‘ul bo‘lmaydi. Oxirat amallari bilan shug‘ullanadi. Chunki oxirat qaror topish va ne’matlar uyidir. Dunyo foniylik uyi, u xiyonatkor, fitnakordir. Juvaybir Zahhokdan rivoyat qiladi. Zahhok aytdilar: "Alloh taolo Odam bilan Havvoni yerga tushirganda, ular dunyo hidini topishdi va jannat bo‘yini yo‘qotishdi. Ikkalasini qirq kun dunyo bad bo‘yi o‘rab oldi". 309. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: "Abadiy dunyo borligiga ishona turib, (foniy) dunyo uchun amal qiladigan kishiga juda ham taajjub!" 310. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bir majlislarida o‘tirgan edim, yuzlari oppoq, sochlari chiroyli va rangdor, oq kiyimli kishi kelib, salom berdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Vaalaykumussalom", deb javob berdilar. U kishi so‘radi: "Ey Allohning elchisi, dunyo nima?" "Uyqudagi tush. Uning ahli esa mukofotlanuvchi yoki azoblanuvchidir", deb javob qildilar. U kishi yana so‘radi: "Ey Allohning elchisi! Oxirat nima?" "Abadiylikdir, bir guruh jannatda, bir guruh do‘zaxdadir", deb javob berdilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam. Yana savol qildi: "Ey Allohning elchisi! Jannat nima?" "Dunyoni tashlagan kishiga (dunyoning) o‘rniga abadiy ne’matni berishdir", dedilar. "Ey Allohning elchisi, jahannam nima?" "Dunyoni talab qiluvchiga (dunyoning) o‘rniga beriladi, ahli undan hech ajralmaydi". Savol-javob yana |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling