Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
"Darhaqiqat, bu hayoti dunyoning misoli", ya’ni, uning yo‘q bo‘lishi va ketishi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
"Darhaqiqat, bu hayoti dunyoning misoli", ya’ni, uning yo‘q bo‘lishi va ketishi
yomg‘ir kabi "suvga o‘xshaydi"; "Biz uni osmondan yog‘dirganmiz", ya’ni, Alloh taolo osmondan tushirgan; "u yer nabototi bilan aralashadi", ya’ni, suv yerga singadi, keyin "odamzod yeydigan" donlar "va hayvonlar yeydigan" o‘t va pichanlar unib chiqadi, "hatto yer chiroy oladi"; "yasan-tusan qilganida", ya’ni, yer o‘simliklar bilan ziynatlanganda "uning ahli gumon qilishadi", ya’ni, o‘simlik va ekinlar egalari o‘ylashadiki, "uning ustida kuchli-qudratlimiz", deb, ya’ni, uning g‘allalariga egamiz, deb; ular yaqindagina tugaydi "va yerga kechasi yo kunduzi Bizning buyrug‘imiz keladi", ya’ni, Allohning azobi keladi; "go‘yo kuni kecha obod bo‘lmagandek uni vayrona qilib qo‘yamiz". Shuningdek, ekinzorlar qolmagandek dunyo va undagi narsalar qolmaydi, "Tafakkur qila oladigan qavm uchun oyatlarni shunday mufassal bayon qilamiz", ya’ni misollarni (Yunus, 24). 315. Rivoyat. Bir kishi Shomdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga keldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularning yerlari haqida so‘radilar. Ular yerlarini kengligini va turli ne’matlarga boyligini aytdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qanday ishlaysizlar va qanday kun ko‘rasizlar?" deb so‘radilar. U kishi javob qildi: "Turli-tuman taomlar yeymiz". Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘radilar: "U Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 150 nimaga aylanadi?" "O‘zingiz bilgan narsaga" (ya’ni, bavl va axlatga), dedi. Shundan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Dunyo ham xuddi shunga o‘xshaydi", dedilar. Yahyo ibn Maoz Roziy aytadilar: "Dunyo Allohning ekinzori, odamlar shu ekinzorning ekini, o‘lim o‘roq, jonni oluvchi farishta alayhis-salom shu ekinni o‘ruvchi, qabriston uni yanchuvchi, jannat va do‘zax havoyi xohishlarning uyidir. Bir guruhi jannatda, bir guruhi do‘zaxda bo‘ladi". Luqmoni Hakimdan zikr qilinadi. U kishi o‘g‘liga aytdilar: "Ey o‘g‘ilginam, dunyo chuqur dengizdir. Unda ko‘p kishilar g‘arq bo‘lishgan. Bas, kemangda Allohga taqvo qilgin". Ba’zilar aytadi: "Solih amallar ko‘tarib yurgan davlatingdir. Bu molga hirs qilsang, sening foydang. Kunlar – solih amalning to‘lqini, tavakkul – soyasi. Allohning kitobi – dalili, nafsni havodan qaytarish – arqoni, o‘lim – sohili, qiyomat – savdo qiladigan yeri, Alloh esa uning egasidir". Fuzayl ibn Iyozdan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilarki: "Dunyo qiyomat kuni keltiriladi. O‘zidagi ziynat va chiroyi bilan aytadiki: Ey Rabb! Meni yaxshi bandalaring uchun uy qilib qo‘ygin". Alloh azza va jalla: "Seni ular uchun uy qilishga rozi emasman, sen hech narsadirsan, sepilgan chang bo‘lgin", deydi. Shundan so‘ng dunyo changga aylanadi". Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Qiyomat kunida dunyo oqarib-ko‘karib ketgan, qari, tishlari ko‘ringan, a’zolari titilgan xas holatda keltiriladi. Kim uni ko‘rsa, qayta qaragisi kelmaydi. Uni odamlarga qaratadi. Keyin: "Buni taniysizlarmi?" deyishadi. "Uni bilishdan Allohdan panoh tilaymiz", deb javob berishadi. Shundan so‘ng: "Bu dunyodir. Sizlar faxrlangan va uning ustida talashgan dunyo mana shudir", deyiladi. Faqih aytadilar: Dunyoga azob berilmaydi. Chunki unda gunoh yo‘q, lekin do‘zax ahli uni ko‘rishligi uchun do‘zaxga tushiriladi. Do‘zax ahli uchun dunyo xor qilib ko‘rsatiladi. Xuddi sanamlar do‘zaxga tashlangani kabi. Alloh aytadi: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling