Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
" (Ey mo‘minlar), namozni to‘kis ado qilinglar, zakotni ato etinglar va
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
" (Ey mo‘minlar), namozni to‘kis ado qilinglar, zakotni ato etinglar va
payg‘ambarga bo‘ysuninglar, shoyad rahmatga erishsanglar" (Nur,56). Ya’ni, Menga ibodat qilinglar, kambag‘allarga zakotlaringizni beringlar, deb Alloh taolo o‘zining haqqi bilan kambag‘allarning haqqini yonma-yon sanayapti. Aytilishicha, kambag‘al – boyning tabibi, uning oqlovchisi, elchisi, qo‘riqchisi, shafoatchisi. Tabibi deyilishiga sabab – boy kasal bo‘lib, kambag‘allarga sadaqa qilsa, kasalidan Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 144 tuzaladi. Oqlovchisi degani – boy unga sadaqa bersa, kambag‘al duo qiladi, boy gunohlardan pok bo‘ladi va molini ham poklaydi. Elchisi degani – boy o‘lgan ota-onasi yoki qarindoshlaridan biri uchun sadaqa qilsa, sadaqasining savobi o‘likka yetadi, demak, kambag‘al kishi boy bilan o‘tganlarning orasida elchilik qiladi. Qo‘riqchisi degani – boy sadaqa qilsa, faqir uning haqqiga duo etadi, kambag‘alning duosi bilan boyning moli qo‘riqlanadi. 299. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Jannat podshohlarining xabarini beraymi?" "Ha", deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Mazlum zaiflar, ular boyvachcha xotinlarga uylana olmaydilar. Ularga yopiq eshiklar ochilmaydi. O‘layotganlarida qalbida hojati qolib ketadi. Agar Allohning nomiga qasam ichsa, uni amalga oshiradi", dedilar. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Kim boyni ikrom qilib, kambag‘alni xorlasa, la’natlangandir". Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Boy birodarlarimizga adolat qilmadik. Ular yeydilar, biz ham yeymiz, ichadilar, biz ham ichamiz, ular qiynaladilar, biz ham qiynalamiz, ularning ko‘p mollari bor, unga qarashadi, biz ham ular bilan birga u mollarga qaraymiz. Ular hisob berishadi, ammo biz hisob berishdan ozodmiz". Shaqiq Zohid rivoyat qiladilar: "Kambag‘allar ham, boylar ham uchta narsani ixtiyor etishgan. Kambag‘allarning ixtiyor qilgan narsalari – nafsning rohati, qalbning yumshoq, hisobning yengil bo‘lishi. Boylarning ixtiyori - nafsning charchashi, qalbning mashg‘ulligi va qattiq hisob". Hotim Zohiddan rivoyat qilinadi: "Kim to‘rt narsani to‘rt narsasiz da’vo qilsa, u yolg‘onchidir. Allohni yaxshi ko‘rishini da’vo qilsa-yu, harom etgan narsalaridan taqvo qilmasa; jannatni yaxshi ko‘rishini da’vo qilsa-yu, Alloh toatida molini infoq etmasa; Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rishini da’vo qilsa-yu, u kishining sunnatlariga ergashmasa; jannatdagi ulug‘ darajalarni da’vo qilsa-yu, miskin va kambag‘allar bilan suhbatlashmasa". Ba’zi hakimlar aytadi: "Kimda to‘rt narsa bo‘lsa, u yaxshilikning hammasidan mahrumdir. O‘zidan pastdagilardan o‘zini katta tutsa, ota-onasiga oq bo‘lsa, kambag‘alni past sanasa va miskinlarni miskinlikda ayblasa". 300. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. Aytdilarki: "Menga Alloh taolo mol jamlashni va savdogar bo‘lishni vahiy qilgani yo‘q. Balki Rabbimga hamd bilan tasbeh aytishimni, sajda qiluvchilardan bo‘lishimni va to o‘lim kelguncha ibodat qilishimni buyurdi". 301. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar: "Ey odamlar! Qiyinchilik va faqirlik sizlarni rizqingizni haromdan talab qilishga undamasin. Men bu aytilayotgan so‘zlarni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman. U kishi aytgan edilar: "Ey Parvardigor, meni faqir holatda dunyodan o‘tkazgin, boy holatda o‘tkazmagin, qiyomat kunida miskinlarning zumrasida tiriltirgin. Albatta, badbaxtlarning badbaxti dunyo faqirligi bilan oxirat azobini jamlaganidir". Umar ibn Xattobning (r.a.) oldilariga Qodisiyadan tushgan g‘animatlarni keltirishdi, U zot o‘ljalarni diqqat bilan kuzata boshladilar. Keyin yig‘ladilar. Abdurahmon ibn Avf: "Bugun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling