Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting"
www.ziyouz.com kutubxonasi
142 "Ey Abu Dardo, uni (savdoni) nimaga yomon ko‘rasiz?" deb. "Qiyomatda hisobi og‘ir bo‘lgani uchun", dedilar u zot. 293. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Parvardigor! Kim meni yaxshi ko‘rsa, uni yetarlilik va qanoat bilan rizqlantir. Kim meni yomon ko‘rsa, molini va bolalarini ko‘paytir". 294. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. U zot aytdilar: "Faqirlik dunyoda mashaqqat, oxiratda xursandchilikdir. Boylik dunyoda xursandchilik, oxiratda esa mashaqqatdir". Faqih aytadilar: "Musulmon kishi, garchi o‘zi boy bo‘lsa ham, kambag‘allarni yaxshi ko‘rmog‘i lozim. Chunki kambag‘allarni yaxshi ko‘rishda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rish bor. Alloh taolo Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga kambag‘allarni yaxshi ko‘rishni va ularga yaqinlashmoqni buyurganlar: "Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting" (Kahf, 28). Ya’ni, nafsingizni faqirlar bilan birga tuting, ular o‘z nafslarini ibodatga bog‘lashdi. Bu oyatning nozil bo‘lish sababi quyidagicha: Uyayna ibn Hisn Fazoriy qavmining raisi edi. Bir kuni u Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirganida, Salmon Forsiy, Suhayb Rumiy, Bilol ibn Hamoma Habashiy va boshqa kambag‘al sahobalar (Alloh hammalaridan rozi bo‘lsin) o‘sha yerda edi. Ularning ustida eski yirtiq kiyimlari bo‘lib, bir oz terlashgan edi. Uyayna shunda: "Bizlarda obro‘-sharaf bor. Biz oldingizga kirganimizda, ularni huzuringizdan chiqaring, ular bizga hidlari bilan ozor berishyapti yoki biz uchun boshqa majlis chaqiring", dedi. Alloh taolo ularni u yerdan chiqarishni man’ etdi va bunday deb oyat indirdi: "Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting". Ya’ni, ular besh vaqt namozini o‘qib, Parvardigorining rizosini talab qilishadi. "Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini ko‘zlab, ulardan o‘tib (o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)". Ya’ni, dunyo hayoti ziynatlari talabida ularni kam ko‘rmang. "Va Biz qalbini Bizni zikr etishdan g‘ofil qilib qo‘ygan, havoyi nafsiga ergashgan kimsalarga itoat etmang!" Ya’ni, Bizdan, Qur’ondan yuz o‘girganlarga va ba’zi nafsining shahvatiga ergashgan kambag‘allarga itoat qilmang. "Ularning ishi izdan chiqdi", ya’ni, ularning ishi zoe’ va botil bo‘ldi. Alloh taolo Payg‘ambari sollallohu alayhi vasallamga faqirlar bilan o‘tirishni, ularga yaqin bo‘lishni buyuryapti. Bu buyruq barcha musulmonlarga qiyomat kunigacha kambag‘alliklari uchun musulmon faqirlarini yaxshi ko‘rmoqni, ularga yaxshilik qilmoqni va ularga molu dunyolaridan infoq bermoqni vojib etadi. Chunki ular qiyomat kunida Allohning yo‘lboshlovchilaridir va ulardan shafoat umid qilinadi. 295. Hasan (Alloh u zotga rahm qilsin) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qiyomat kuni bir banda keltiriladi. So‘ngra dunyoda kishi kishidan uzr so‘ragandek Alloh taolo undan uzr so‘raydi. Aytadiki, ulug‘ligimga va izzatimga qasam, xorliging uchun sendan dunyoni to‘sganim yo‘q, balki |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling