Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
143 sen uchun fazilat va karomatlarni tayyorladim. Ey bandam, bu saflarga chiqib, Mening roziligimni istab, seni taomlantirgan yoki kiydirgan kishilarga qara. Ularning qo‘lidan tut, ularning ishi senga havola. Butun insonlarni shu kuni ter bosib oladi. U banda saflardan yurib, shunday amal qilgan kishilarning qo‘lidan ushlab, jannatga kirgizadi". 296. Hasan (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytdilarki: "Kambag‘allarni ko‘proq taninglar va ularga infoq qilinglar. Chunki ularning davlati bor". Sahobalar: "Ey Rasululloh! Ularning davlati nima?" deb so‘rashdi. Javob qildilar: "Qiyomat kunida ularga, sizlarga bir bo‘lak non bergan, bir piyola suv ichirgan yo kiyim kiydirgan kishilarga qaranglar va ularning qo‘llaridan tutib, jannatga kiringlar, deyiladi". Faqih aytadilar: Bilinglar! Kambag‘al kishi uchun beshta karomat bor: 1. Uning amali va savobi boyning amali va savobidan ko‘proqdir. Namozda, sadaqada va boshqa amallarida. 2. Agar u bir narsani xohlab, uni ololmasa, shuning uchun ham unga ajr beriladi. 3. Ular jannatga birinchilardan bo‘lib kirishadi. 4. Oxiratda ularning hisobi kam bo‘ladi. 5. Ularning pushaymonlari ham kamdir. Chunki qiyomat kunida boylar, kambag‘al bo‘lsak edik, deb qolishadi, faqirlar esa, boy bo‘lsak edik, deb orzu qilishmaydi. Bu holatlarning hammasi aniq xabarlarda kelgan. 297. Zayd ibn Aslamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bir dirham sadaqa yuz ming dirham sadaqadan yaxshiroqdir". "Bu qanday bo‘ldi, ey Allohning rasuli?" deb so‘rashdi. Javob qildilarki: "Bir kishi yuz ming dirhamni molidan chiqaradi va uni sadaqa qiladi. Ikki dirhami bor bir kishi bir dirhamini ich- ichidan rozi bo‘lib beradi. O‘sha dirham egasi yuz ming dirham egasidan afzaldir". 298. Hasan (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: Sahobalar u zot sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashdiki: "Agar bizlar bir narsani ko‘rib, xohlab, uni olishga kuchimiz yetmasa, bizga ajr bormi?" Rasululloh aytdilar: "U bilan ajr olmasanglar, nima bilan ajr olasizlar". Zahhok aytadilar: "Kim bozorga chiqib, bir narsani ko‘rib, o‘sha narsaga havasi kelsa va ololmaganiga sabr qilsa, bu ishi o‘n ming dirhamni Alloh yo‘lida infoq qilishdan yaxshidir". Faqih aytadilar: Kambag‘allarning ulug‘ligiga Allohning bu so‘zi dalildir: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling