Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
145 xursandchilik kuni bo‘lsa, nega yig‘layapsiz, yo amirul mo‘minin", deb so‘radilar. Hazrati Umar aytdilar: "Ha, qaysi bir qavmga bu narsa (ya’ni, mol-dunyo) berilgan bo‘lsa, ularning orasiga dushmanlik va adovat tushadi". 302. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Har bir ummat uchun fitna bor. Ummatimning fitnasi mol-dunyodir". 303. Abdulloh ibn Umar (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Alloh uchun eng yaxshi odamlar kambag‘allardir". Chunki Allohning yaxshi ko‘rgan bandalari payg‘ambarlar. Ularni kambag‘allik bilan imtihon qilgan. Hasan Basriy Hazratlari aytadilar: "Alloh taolo Muso alayhissalomga vahiy qildi: "Ey Muso, eng sevimli bandam va yer ahlining eng yaxshisi vafot etyapti. Bor, uni yuvib kafanla va qabrga qo‘y", deb. Muso (a.s.) uni Imrondan izlab topolmadilar. Xarobda ham topilmadi. Keyin loy qilayotgan bir qavmni uchratdilar. Ulardan: "Kecha bu yerda kasal bo‘lgan yoki o‘lgan kishini ko‘rdinglarmi?" deb so‘radilar. Loychilar: "Kecha manavi xarobada bir kasalni ko‘rgan edik, balki siz izlayotgan kishi o‘shadir", deyishdi. Muso alayhissalom: "Xo‘p", deb o‘sha tomonga ketdilar. Borsalar, bir odam kasal yotgan ekan. Boshining tagiga g‘isht qo‘yilgan, o‘zini o‘zi davolar edi. Shu payt boshi g‘ishtdan pastga tushib ketdi. Muso alayhissalom turib yig‘ladilar va: "Ey Rabbim, uni eng yaxshi bandalardan, deb aytding-ku. Lekin men uning oldida kasaliga qarovchi biror kishini ko‘rmadim", dedilar. Alloh taolo shunda: "Ey Muso! Agar men bandamni yaxshi ko‘rsam, uni butun dunyodan to‘sib qo‘yaman", deb vahiy qildi". Hasan Basriy Hazratlari yana aytadilar: "Birinchi zarb qilingan dinorni iblis olib, ko‘ziga surtdi va: "Seni kim yaxshi ko‘rsa, o‘sha odam mening qulimdir", deb aytdi. Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Iblis Sulaymon ibn Dovud alayhumassolatu vassalomga shayx suratida keldi. Sulaymon aytdilarki: "Iso alayhissalom ummatini nima qilishing xabarini ber". Shayton: "Men ularni Allohdan boshqa iloh olishga buyuraman", dedi. Sulaymon (a.s.): "Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummatiga-chi?" deb so‘radilar. Shayton: "Men ularga dirham va dinorlarni tashlab qo‘yaman. Ularga bu pullar "la-a ilaha illalloh" kalimasidan ham suyumli bo‘ladi", dedi. Sulaymon (a.s.) aytdilar: "Sening yomonligingdan Allohdan panoh tilayman". So‘ng unga qaradilar. U ketib qolgan edi". Faqih aytadilar: Kambag‘al kishi Alloh bergan ne’matlarni bilmog‘i lozim. Va yana bilmog‘i lozimki, albatta, dunyo-ni undan uzoqlashtirgani uni muhtaram qilganidir. Zero, bu ehtirom-hurmat payg‘ambarlarga va avliyolarga ham qilingan. Demak, u Alloh taologa hamd aytmog‘i, jazavaga tushmasligi, hayot mashaqqatlariga sabr qilmog‘i, qiyomat kunidagi narsalar dunyoda ololmaganlaridan ko‘ra yaxshi ekanini unutmasligi kerak. Faqirlik Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam kasblari bo‘lgani uchun ham buyukdir. 304. Faqih Ibn Abbosdan rivoyat qiladilar. U kishi aytdilarki: "Bir kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘tirgan edilar, Jabroil alayhissalom bilan yana bir farishta tushdi. Jabroil (a.s.) aytdilar: "Bu farishta osmondan birinchi marta tushishi. Rabbidan sizni ziyorat qilishni so‘radi". Ozgina o‘tmasdan farishta kelib: "Assalomu alayka, yo Rasululloh", dedi. "Vaalaykassalom", dedilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling