Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- «U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar
www.ziyouz.com kutubxonasi
133 birovning zarariga bo‘lsa, gapirmaydi. Johilning yuragi tilining atrofidadir, u yuragiga qaramaydi. Tiliga nima kelsa gapiraveradi». 275. Abu Zarr G‘iforiy aytdi: «Ey Allohning elchisi, Ibrohimning sahifalarida nima bor?» Aytdilarki: «Unda misollar va ibratlar bordir. Aqliga yengilmagan kishiga tilini saqlamog‘i, zamonini bilmog‘i va o‘z ishiga yuzlangan bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki kim so‘zini amalidan hisob qilsa, foyda beradigan joydan boshqasida so‘zini kamaytiradi». 276. Ali ibn Abu Tolib aytdi: «Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim, ul kishi bu so‘zlarni aytdilar: «Oqil kishi uchun uch narsaga diqqat bilan qaramog‘i lozim bo‘ladi: Yashashni hurmat qilmog‘i. Oxirati uchun yolg‘iz bo‘lmog‘i. Harom bo‘lmagan narsalardan lazzatlanish». Aytdilar: «Oqil kishi uchun kuni to‘rt soat bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi: bir soatida Rabbiga murojaat qilmog‘i, bir soatida o‘zining nafsi bilan hisoblashmog‘i, bir soatida din va dunyo ishida yo‘l ko‘rsatadigan va nasihat qiladigan ilm ahliga kelmog‘i, bir soatida o‘zi va lazzatlari o‘rtasida yolg‘iz qolmog‘i». Aytdilar: «Oqil kishi uchun o‘z ishiga qaramog‘i, zamon ahlini bilmog‘i, farjini va tilini saqlamog‘i lozim bo‘ladi». Faqih aytadi: «Bu kalimalar Dovud oilasi hikmatlarida yozilgan. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin, «Luqmoni Hakim Dovud alayhissalomning oldilariga kirganida, Payg‘ambar alayhissalom sovut yasab o‘tirgan edilar. Bu ko‘rgan narsasidan ajablanib so‘ramoqchi bo‘libdi. Bundan hikmati qaytaribdi. Nafsini tiyib so‘ramabdi. Dovud alayhissalom ishidan bo‘shab, sovutni kiyibdilar. Keyin: «Bu sovut urush uchun nechog‘lik yaxshi. Uni yasovchi ham qanday yaxshi!» debdilar. Shunda Luqmoni Hakim: «Jim turishlik hikmatdir va unday qiluvchilar ozchilikdir», dedi». Shoir aytdi: Ilm – ziynat, jim turishlik omonlikdir, Gar gapirsang, ko‘p so‘zlovchi bo‘lma, tek tur, Gar jim turib bir marta bo‘lsam pushaymon, Ko‘p so‘zlasam gar, ko‘p marta bo‘ldim pushaymon. Ba’zilar aytdilar: Yigit tilining toyilishidan o‘ladi, oyog‘ining xatosidan emas. Tili bilan bo‘lgan xatosi uni boshi bilan uloqtiradi. Oyog‘i bilan bo‘lgan xatosi asta-sekin tuzaladi. Hakimlarning ba’zilari aytdilar: «Jim turishlikda yetti ming yaxshilik bordir. Uning hammasi yetti kalimada jam bo‘ladi. Har kalimada ming yaxshilik bordir: 1. Jim turishlik charchog‘i yo‘q ibodatdir. 2. Bezaksiz ziynatdir. 3. Davlatsiz haybatdir. 4. Devorsiz qo‘rg‘ondir. 5. Birovlarga uzr aytishdan behojatlikdir. 6. Yaxshilik va yomonlik amallarini yozuvchi farishtalarga rohatdir. 7. Ayblari uchun berkituvchi va aytilganda jim turishlik olim uchun ziynat, johil uchun Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 134 satrdir (pardadir)». Hakimlarning ba’zilari aytdilar: «Inson jasadi uch bo‘lakdir; bir bo‘lagi – qalbi, ikkinchisi – tili, uchinchisi – a’zolari. Alloh taolo har bir bo‘lakni karomat bilan ikrom qildi. Qalbini o‘zini tanishlik va tavhid bilan ikrom qildi. Tilini «La ilaha illalloh» va kitob tilovat qilish bilan ikrom qildi. A’zolarni namoz, ro‘za va boshqa toatlar bilan ikrom qildi. Har bir bo‘lagiga kuzatuvchi va saqovchini vakil qilib qo‘ydi. Qalbini saqlashga Alloh o‘zi ega bo‘ldi. Uning ichida nima borligini Allohning o‘zidan boshqa hech kim bilmaydi. Tiliga farishtalarni vakil qildi. Alloh taolo aytadi: «U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling