Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
"Ular avratlarini saqlovchi kishilardir. Magar o‘z jufti halollaridan va qo‘l
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
"Ular avratlarini saqlovchi kishilardir. Magar o‘z jufti halollaridan va qo‘l
ostidagilardangina (saqlamaydilar), ular malomat qilinmaslar. Endi kim shundan o‘zgani istasa, bas, ana o‘shalar haddan oshguvchilardir" (Mo‘minlar, 5–7). Avratni saqlash haromdan pok tutishdir. "Magar o‘z jufti halollaridan", ya’ni, xotinlaridan tiymaydilar "yoki qo‘l ostidagilardan", ya’ni, qo‘l ostida turgan cho‘rilaridan ham tiymaydilar. Bu oyat erkaklar uchun xosdir, "yoki qo‘l ostidagilardan (saqlamaydilar)" jumlasi ayollarga tegishli emas. "Ular malomat qilinmaslar", ya’ni, avratini xotini va cho‘risidan boshqalardan saqlash bilan malomat qilinmaslar. Malomat qilinadigan vaqti ham bor: Hayz va nifos holatida saqlamasalar, chunki u man’ qilingan. Endi kim shundan o‘zgani istasa, ya’ni, xotini va qo‘l ostidagi cho‘risidan boshqalarni talab etsa, "ana o‘shalar haddan oshguvchilardir". Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 221 Bu yerda qo‘l bilan shahvatni qondirishning haromligigacha dalil bor. Bu so‘zlar ulomalarning so‘zlari. Jurayj aytadilar: "Atodan shu ish haqida so‘ragan edim, makruh, dedi. Bir qavm qiyomat kuni qo‘llarida homilalari bilan to‘planishini eshitdim va o‘shalar deb gumon qildim". Said ibn Jubayr aytadilar: "Zakarlari bilan o‘ynaydigan ummatni Alloh azoblaydi". Boshqa oyatda ham: "Ular o‘z avratlarini saqlovchilardir, magar o‘z jufti halollardan va qo‘l ostidagilardan", deydi. Bu ikkisi (jufti halol va cho‘rilar)ning sanalishi er bilan erning qo‘shilishi, istimno (onanizm) va boshqalar harom ekaniga dalildir. Demak, bu ikkisidan keyin ham avratlarini saqlay olmasa, u Alloh belgilab bergan haddan oshuvchi zolimdir, gunohkordir. Qaysi bir musulmon zino etgan bo‘lsa, tavba qilmog‘i va odamlarni bu ishdan qaytarmog‘i vojibdir. Chunki qay joyda bu ish ko‘payib, odamlar unga mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, Alloh ularni vabo bilan balolaydi. Ibn Abbosga (r.a.) Ka’bul Ahbor (r.a.) aytdilar: "Agar qilichlar yalang‘ochlanganini ko‘rsanglar, qonlar oqsa, bilinglarki, Allohning hukmi ularni halok qilibdi, Alloh taolo bir- birlari bilan ulardan intiqom olayotir. Agar yomg‘ir yog‘mayotganini ko‘rsanglar, bilinglarki, odamlar zakot bermay qo‘yganlar. Alloh ham ularga yomg‘ir bermay qo‘ygan. Agar vabo tarqalganini ko‘rsanglar, bilinglarki, u yerda zino tarqalgandir". 536. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ummatim ustida Lut qavmining amalidan qo‘rqqanchalik qo‘rqmayman". 537. Ibn Abbos (a.s.) aytadilar: "Lut qavmi amalini qilayotgan kishilarni ko‘rsanglar, foilni ham maf’ulni ham, ya’ni, ikkisini ham, o‘ldiringlar. Kim hayvonga yaqinlik qilgan bo‘lsa, u bilan birga hayvonni ham o‘ldiringlar". Aytishlaricha, to‘rt amal bilan arsh larzaga keladi va Alloh g‘azablanadi: Nohaq birovni o‘ldirsa; fosiqni maqtasa; erkak erkak bilan aloqa qilsa; ayol ayol bilan aloqa qilsa. 538. Xabarda keladi: "Agar lo‘ttivoz dengizda cho‘milsa ham, tavba qilmasa, pok bo‘lmaydi". Jufti halollardan va cho‘rilardan boshqalarga qo‘shilish haromdir. 539. "Qur’on harom qilganini halol sanagan odam unga imon keltirmabdi". ___________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling