Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
224
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Biz riboga tushib qolishdan qo‘rqib, halolning o‘ndan to‘qqiz 
qismini tark qilardik". 
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Qaysi shaharda zino va sudxo‘rlik tarqalgan bo‘lsa, u 
shahar xarob bo‘ladi". 
Salaf olimlarimizdan Abu Hanifa, Sufyoni Savriy, Fuzayl ibn Iyoz, Dovud Toiy, Shofi’iy va 
boshqalar aytadilar: "Imon, namoz, zakot, haj, ro‘za, g‘usl, jinobat va tahorat ilmlaridan 
keyin sotish, olish, nikoh, taloq, hayz, kasb va boshqa ilmlarni o‘rganish shariatda 
farzdir". 
547. Payg‘ambarning sollallohu alayhi vasallam: "Ilmni talab qilish har bir muslim va 
muslimaga farz", degan so‘zlariga ko‘ra, har bir farz bo‘lgan amalni yoki shariat ilmini 
talab qilish farzdir". 
Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi.U zot aytdilar: "Kim din ilmini o‘rganmasdan 
oldin savdogarlik qilsa, u riboga tushibdi, riboga tushibdi, riboga tushibdi", ya’ni, unga 
cho‘kib ketibdi. 
Umar ibn Xattob (r.a.) aytganlar: "Bozorlarimizda din ilmini o‘rganmagan, torozida 
mukammal o‘lchamaydigan kishilar oldi-sotdi qilmasin". 
Abdurahmon ibn Sobit aytadilar: "Qavm to‘rt narsani halol sanasa, uning halok bo‘lishiga 
izn beriladi: Torozidan urishni; o‘lchovdan kamaytirishni; zinoni oshkora qilishni; riboni 
yeyishni. Zinoni oshkor qilsalar, ularga vabo yetadi, torozidan urib, o‘lchovdan 
kamaytirsalar, yomg‘irdan mahrum bo‘ladilar. Agar ribo yesalar, ularga qilich 
yalang‘ochlanadi". 
Ubayd Muhoribiy aytadilar: "Men Ali ibn Tolib (r.a.) orqalaridan bozorda yurardim. U 
kishida qamchi bor edi. Agar o‘lchovni barobar qilmagan kishini ko‘rsalar, qamchi bilan 
urardilar va, o‘lchovni to‘g‘ri qil, der edilar". 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Ey ajamlar jamoasi, sizlar ikki narsaga mutasaddi 
qilindinglar, bu ikkalasi bilan sizlardan oldingi o‘tganlar halok bo‘lishgan edi. Ular – 
o‘lchov va tarozi". 
548. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Odamlarga bir zamon keladiki, u 
vaqtda hech kim ribo yemasdan qolmaydi". "Ey Allohning elchisi, hamma ribo yeydimi?" 
deb so‘rashdi. "Undan yemaganga changi yetadi", ya’ni, gunohidan yetadi, dedilar. 
Chunki yoki riboga yordam bergan bo‘ladi, yo ko‘radi, yo yozadi, yoki bu ishiga rozi 
bo‘ladi yoki uning hadyasini qabul qiladi, yoki dasturxonidan yeydi, xullas, gunohdan 
nasibasini oladi. 
Abu Bakr Siddiq (r.a.) aytganlaridek: "Ziyoda qiluvchi va ziyoda qilishni so‘rovchi 
do‘zaxdadir". 
549. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Odamlarga bir zamon keladi, hech kim ribo yemasdan qolmaydi, undan yemasa, g‘ubori 
yetadi". 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling