Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
230 4. Yaxshilarga qo‘shilasizlar, lekin ularga ergashmaysizlar. 5. O‘liklarni ko‘masizlar, ammo undan ibrat olmaysizlar". 559. Faqih (Alloh u zotni rahmat qilsin) aytadilar: Otamning bunday deganlarini eshitdim: "Har kuni osmondan beshta maloika tushadi. Bittasi Makkaga, ikkinchisi Madinaga, uchinchisi Baytul Maqdisga, to‘rtinchisi musulmonlarning qabrlariga, beshinchisi musulmonlarning bozorlariga tushadi. Makkaga tushgan maloika, ogoh bo‘linglar, kim Allohning farzlarini tark etsa, Alloh taoloning rahmatidan chiqadi, deb nido qiladi. Madinada tushgani aytadiki, ogoh bo‘linglar, kim Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini tashlasa, u zotning shafoatidan mahrum bo‘ladi. Baytul Maqdisga tushgani nido qiladiki, ogoh bo‘linglar, kim haromdan mol kasb qilsa, boshqa amallarini qabul qilmaydi. Qabristonga tushgan, ey qabr egalari, nimaga havas qilasizlar va nimaga pushaymon yeysizlar, deb nido qilganida, o‘tkazib yuborgan umrimizga pushaymon yeymiz, Allohning kalomini o‘qiyotgan, ilmlarda muzokaralar qilayotgan, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovotlar aytayotgan va gunohlari uchun istig‘for so‘rayotgan odamlarga xursand bo‘lamiz, biz esa, ulardan hech qaysisiga qodir emasmiz, deb aytishadi. Bozorlarga tushadigani nido qiladiki, ey odamlar, shoshmanglar, shoshmanglar, Allohning qudrati va o‘ch olishi bor, kim Allohning qudrati va o‘ch olishidan qo‘rqsa, o‘zining jarohatiga da’vo topsin, toki gunohlariga tavba qilguncha, sizlarni ko‘p uyg‘otdik, uyg‘onmadinglar va ko‘p qo‘rqitdik, qo‘rqmadinglar, agar Allohdan qo‘rquvchi odamlar va emizikli bolalar bo‘lmaganida, hayvonlar o‘tlab yurmaganida, ruku’ qilib turgan chollar bo‘lmaganida sizlarga azob tashlanardi". 560. Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar alayhissalom: "Ey Oyisha, gunohlarni kichik ko‘rishdan saqlan, chunki uning ham Alloh tarafidan bir so‘rovchisi bor", dedilar. Aytadilarki, kichkina gunohlarning misoli kishi yiqqan mayda o‘tinlarga o‘xshaydi. So‘ngra u kishi o‘t yoqadi. Yana aytiladiki, Tavrotda, kim yaxshilikni eksa, salomatlikni o‘rib oladi, deb, Injilda, kim yomonlikni eksa, pushaymonni o‘rib oladi, deb yozilgan. Bu so‘z Qur’onda: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling