Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
232 bilan birga birovni so‘kkan, birovning molini yegan, birovni zinokor deb ayblagan, birovning qonini to‘kkan, birovni urgan. Shu ishlari uchun uning yaxshiliklaridan olinadi. Agar yaxshiliklari to‘lovlarini to‘lashga yetmasa, ularning xatolari olinib, unga beriladi, so‘ng do‘zaxga uloqtiriladi". Abu Maysaradan zikr qilinadi: "Bir kishi dafn etilgandan keyin uning qabriga Munkar va Nakir qamchi bilan kelishdi va, biz seni yuz qamchi uramiz, deyishdi. o‘lik, men bunday- bunday kishi edim, dedi. So‘ngra uni shafoat qilishib, o‘ntasini o‘chirishdi. Oxiri o‘chirib- o‘chirib, to‘qson to‘qqiztasi ketdi, bittasi qoldi. Munkir va Nakir, biz seni bir qamchi uramiz, deyishdi va uni bir qamchi urishdi, shunda qabr o‘t bo‘lib yondi. O‘sha kishi, nimaga meni urdingizlar, deb so‘radi. Aytishdiki, bir zulm yetgan kishining oldidan o‘tayotgan eding, u sendan yordam so‘radi, unga yordam bermading". Mazlumga yordam bermagan kishining holati shu bo‘lsa, zolimning holati qanday bo‘lar ekan?! Faqih aytadilar: Gunohlarning zulmdan-da kattarog‘i yo‘qdir. Chunki gunoh Alloh bilan bandaning orasida bo‘ladi, Alloh taolo karim zot, kechirib yuborishi mumkin. Agar gunoh sen bilan boshqalar orasida bo‘lsa, xusumatchilaringni rozi qilishdan boshqa ilojing yo‘q. Zolim qilgan zulmi uchun tavba qilsin, zulm bergan kishisidan kechirim so‘rab olsin, agar qodir bo‘lmasa, uning uchun istig‘for aytsin va duo qilsin. Mana shu ishlar bilan ham umid qilinadi. Maymun ibn Mahron aytadilar: "Agar kishi bir insonga zulm qilib qo‘ysa va o‘sha qilgan zulmi, tufayli undan kechirim so‘ramoqchi bo‘lsayu, u dunyodan o‘tib ketib, qodir bo‘lmasa, uning uchun har kuni namozning orqasidan istig‘for so‘ramog‘i kerakdir". Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Kim zolimning zulmiga yordam bersa yoki biron musulmon kishining haqqini poymol qiladigan hujjatni unga o‘rgatib qo‘ysa, Allohning g‘azabiga yo‘liqadi va bu ishning gunohi uning ustidadir". Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot Ahnaf ibn Qaysdan: "Odamlarning eng johili kim?" deb so‘radilar. Ahnaf aytdilar: "Oxiratini dunyosiga sotgan kishidir". "Umar ibn Xattob (r.a.): "Senga bundan ham ilmsizroq kishining kimligini aytayinmi?" dedilar. "Ayting, ey amirul mo‘minin". "Birovning dunyosiga o‘zining oxiratini sotgan kishidir". 565. Molik ibn Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Zolim birodaringga ham, mazlum birodaringga ham yordam ber", dedilar. "Ey Allohning elchisi, mazlumga-ku, yordam beraman, ammo zolimga qanday yordam beray?" deb so‘radim. Aytdilar: "Uni zulmdan qaytarsang, ana shu sening unga yordamingdir". Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Hammaga yaxshilik qildim. Hech kimga hech qachon yomonlik qilmadim. Chunki Alloh taolo: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling