Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Rahmat va shafqat bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Barchasi faqat hayoti dunyo matolaridir. Oxirat esa Parvardigoringiz nazdida taqvodor zotlar uchundir"
Rahmat va shafqat bobi hadislari
574-hadis. Muttafaqun alayh. 575-hadis. Mursal. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 576-hadis. Muttafaqun alayh. 577-hadis. Zaifligi bor. 578-hadis. Zaifligi bor. 579-hadis. Zaif. 580-hadis. Sahih. Buxoriy, Molik rivoyat qilgan. 581-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 582-hadis. Muttafaqun alayh. 583-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan. 584-hadis. Muttafaqun alayh. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 239 ELLIGINCHI BOB ALLOH TAOLODAN QO‘RQISH HAQIDA 585. Said ibn Musayyab aytadilar: "Umar, Ubay ibn Ka’b va Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirishdi. Va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga: "Ey Allohning rasuli, odamlarning ilmlirog‘i kim?" deb savol berishdi. "Aqlli kishi", dedilar. "Odamlarning obidrog‘i kim?" deb so‘rashdi. Yana: "Aqlli kishi", dedilar. "Ey Allohning elchisi, odamlarning afzali kim?" deyishdi. Tag‘in: "Aqlli kishi", dedilar. "Ey Allohning rasuli, aqlli kishi odamiyligi komil bo‘lgan, fasohati zohir etgan, saxiyligi ko‘paygan va martabasi ulug‘ kishi emasmi?" deyishdi keyin. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Barchasi faqat hayoti dunyo matolaridir. Oxirat esa Parvardigoringiz nazdida taqvodor zotlar uchundir" (Zuxruf, 35). Aqlli kishi taqvodor kishidir, garchi dunyoda past sanalsa ham". Ya’ni, taqvodor shunday zotki, u ham Allohdan qo‘rqadi, ham gunohlaridan qo‘rqadi. Molik ibn Dinor (r.a.) aytadilar: "Agar kishi nafsida qo‘rqinch va umid alomatini bilsa, u ishonchli ishni ushlabdi. Qo‘rqinch alomati – Alloh taolo man qilgan narsalardan qaytish. U umid etish alomati – Alloh taolo buyurganlarini qilish". Aytilishicha, xavf va umid ikki alomatdir. Umid alomati – amalingizning Allohni rozi qiladigan bo‘lishi, qo‘rqinch alomati – Alloh man qilgan narsalardan qaytishingiz. Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Hazrati Umarga (r.a.) suiqasd qilinganda: "Ey amirul mo‘minin, odamlar kofirligida musulmon bo‘ldingiz. Odamlar o‘zini chetga olganda, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga jang qildingiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida sizdan rozi bo‘lib ketdilar. Sizga hech qachon ikki kishi muxolif bo‘lmadi. Shahid bo‘lib, jon beryapsiz", dedilar. Shunda Umar (r.a.) aytdilar: "Fururlanuvchi sizlar g‘ururlantirgan kimsadir. Allohga qasamki, agar quyosh nuri yetgan barcha narsa meniki bo‘lsa, ularni qiyomat kunidagi qo‘rqinchga fido qilib yuborar edim". 586. Hasan Basriy Jobirdan (r.a.), u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Mo‘min ikki qo‘rqinch orasidadir: O‘tgan umrini Alloh nima qilishini bilmaydi va qolgan umriga qanday taqdir bitganini ham bilmaydi. Banda nafsidan nafsi uchun, dunyosidan oxirati uchun ozuqa tayyorlasin. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, o‘limdan keyin tanbeh yo‘qdir, dunyodan keyingi hovli yo jannat, yo do‘zaxdir". 587. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh azza va jalla deydi: "Izzatim va buyukligimga qasamki, ikkita qo‘rquv va ikkita xotirjamlikni bandamda jam qilmayman. Kim dunyoda Mendan qo‘rqsa, oxiratda uni xotirjam qilaman. Kim dunyoda xotirjam bo‘lsa, qiyomatda uni qo‘rqitaman". 588. Ammor ibn Mansur (r.a.) rivoyat qiladilar: "Adiy ibn Arta’aning minbarlari tagida edim. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan o‘rtamizda bo‘lgan gapni aytib beraymi?" deb qoldilar. Odamlar: "Ha", deyishgach, aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo yaratgan kundan boshlab, qiyomatgacha yettinchi osmonda sajda qiluvchi maloikalar bordir. Ularning tizzalari Allohdan qo‘rqqanidan qaltirab turadi. Qiyomat kuni bo‘lsa, ular boshlarini (sajdadan) ko‘tarib, ey pok Parvardigor, Senga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling