Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
"Oxirat esa, Parvardigoringiz nazdida taqvodor zotlar uchundir"
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz, (bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ng taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan)
"Oxirat esa, Parvardigoringiz nazdida taqvodor zotlar uchundir" (Zuxruf, 35);
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 241 "Albatta, taqvodorlar uchun jannatlar va ne’matlar bordir" (Tur, 17). Alloh taolo taqvodor bandalarini kitobining ko‘p joyida maqtab xabar berdiki, ular do‘zaxdan najot topadilar: "Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz, (bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ng taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz" (Maryam, 71-72). Faqih (r.a.) aytadilar: Abu Avvom Ka’bul Ahborning bunday deganlarini rivoyat qiladi: "Allohning "Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz", degan so‘zlarining ma’nosini bilasizlarmi?" Odamlar: "Har bir kishi unga kiradi deb tushunamiz", deyishdi. "Yo‘q, – dedilar u kishi, – unga tushishining ma’nosi, jahannam to‘ng‘izning sassig‘idek holda keltiriladi. Butun xaloyiq – yaxshiyu yomon oyog‘ini unga qo‘yadi. Shunda bir nido keladi: Do‘stlaringni ol, mening do‘stlarimni qo‘yib yubor, deb. Do‘zax o‘zining do‘stlarini oladi. U do‘stlarini ota o‘z farzandini taniganidan ham yaxshiroq taniydi. Mo‘minlar pok holda najot topadilar. Do‘zax posbonlaridan birining ikki boshli gurzisi bo‘ladi, bir tomoni bilan bir urganda yetti yuz ming kishini do‘zaxga uloqtiradi". 592. Imron ibn Husayn aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. "Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidan ro‘y beradigan) zilzila ulug‘ – dahshatli narsadir" (Haj, 1), oyati nozil bo‘ldi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bu kun qaysi kunligini bilasizlarmi?" "Alloh va rasuli biluvchiroq", deyishdi sahoblar. "U kun, – dedilar u zot, – Alloh taolo Odamga, tur, jannat va do‘zaxga ahllarini jo‘nat, deydi. Odam, ey Rabb, do‘zaxga yuborilayotganlar kim, jannatga yuborilayotganlar kim?", deb so‘raydi. Alloh taolo, har ming kishidan bittasi jannatga, to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi do‘zaxga, deydi". Qavm yig‘lay boshladi. Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaysi payg‘ambar o‘tgan bo‘lsa, undan oldin johiliyat bo‘lgan. O‘sha miqdor johiliyat ahlidan olinadi, mabodo, miqdoriga yetmasa, munofiqlardan olinadi. Sizlarning ummatlar orasidagi o‘rningiz hayvon oyog‘idagi nuqta yoki tuyaning qornidagi xol kabidir". Keyin aytdilar: "Men umid qilamanki, ahli jannatning uchdan biri sizlar bo‘lasizlar. Bas, takbir aytinglar". Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Birovning gapi seni aldab qo‘ymasin. Kishi yaxshi ko‘rgani bilan birgadir. Ammo yaxshilarning qatoriga faqat ularning amallarini qilish bilan qo‘shilasan. Yahudiylar, nasorolar va bid’at ahllari payg‘ambarlarini yaxshi ko‘radilar, ammo ular bilan birga emaslar". 593. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimning ikki kuni bir xil o‘tsa, u aldangandir. Kimning ertasi bugunidan yomon bo‘lsa, u la’natlangandir. Kim ziyoda qilmasa, u nuqsondadir. Kim nuqsonda bo‘lsa, unga o‘lim yaxshidir". Ka’bul Ahbordan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Alloh taoloning zumraddan bir uyi bor, tepasi marvariddan. Uning ichida yana yetmish mingta uy bor, har bir uyda yetmish mingta eshik bor. Unga payg‘ambarlar, yo siddiqlar, yo shahidlar, yo odil rahbarlar, yoki o‘z nafsiga hukm qilganlar kiradi". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling