Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
237 bittasini tark qilsa, vojib haqni tark qilgan bo‘ladi. Agar chaqirsa, javob berish, kasal bo‘lsa, borib ko‘rish, o‘lsa, janozasida hozir bo‘lish, yo‘lda uchrasa, salom berish, nasihat so‘rasa, nasihat qilish va agar aksa ursa, unga rahmat tilash". 580. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaysi payg‘ambar o‘tgan bo‘lsa, podachilik qilgandir". "Siz ham qo‘y boqqanmisiz?" deb so‘rashdi. "Ha, boqqanman", dedilar u zot. Faqih aytadilar: Payg‘ambarlarning qo‘y boqishidagi hikmat, Alloh taolo ularni avvalo hayvonlar bilan imtihon qildi, hatto ularda maxluqotlarga nisbatan mehr-shafqat zohir bo‘ldi. Holbuki, Alloh ularni yaxshi biladi. Ularni hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli topsa, keyin odam farzandlariga nabiy va din ishlariga ega qilib qo‘yadi. Rivoyat qilinishicha, Muso alayhissalom: "Ey Allohim, qaysi narsa uchun meni tanlab olding?" dedilar. "Yaratgan narsalarimga rahmdilliging uchun. Sen Shuaybning (alayhissalom) qo‘ylarini boqarding. Qo‘ylaring ichidan bir qo‘y qochdi, orqasidan yurib, ushlaguncha ko‘p harakat qilding. Ushlaganingdan keyin, uni quchog‘ingga olib, mahkam bosib aytdingki, ey bechora, nimaga meni bunchalik charchatding? O‘zingni charchatding. Maxluqimga rahm qilding, shu uchun Men seni tanlab oldim va payg‘ambarlik bilan ikrom qildim", dedi. 581. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qiladilar: U zot: "Kim bu dunyoda musulmon birodarining bir aybini yopsa, Alloh taolo dunyo va oxiratda uning aybini yopadi. Kim birodaridan dunyo g‘amlaridan bir g‘amni ketkazsa, Alloh uning qiyomat kunidagi g‘amlaridan bir g‘amini ketkizadi. Alloh taolo bandasiga yordam berib turadi, modomiki, u banda birodariga yordam berib turgan bo‘lsa", dedilar. 582. Qatoda Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlardan birortangiz mo‘min bo‘lmaysizlar, toki o‘zingiz yaxshi ko‘rgan narsani birodaringiz uchun ham yaxshi ko‘rmaguningizcha". Sha’biy Umardan (r.a.) rivoyat qiladilar: Amirul-mo‘minin aytdilarki: "Alloh taolo rahm qilmagan kishiga rahm qilmaydi, kechirmagan kishini kechirmaydi. Birovning tavbasini qabul qilmagan kishining tavbasini qabul qilmaydi". 583. Ba’zi sahobalar (r.a.) aytishgan ekan: "Rahm qiluvchilarga Rahmon rahm qiladi. Yerdagi kishilarga rahm qilinglar, osmondagi Zot sizlarga rahm etadi". 584. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim odamlarga rahm etmasa, Alloh ham unga rahm qilmaydi". Qatoda aytadilar: "Injilda yozilgan kalima zikr qilindi: "Ey odam farzandi, qanchalik rahm qilsang, shunchalik rahm ko‘rasan. Qanday qilib bandalarga rahm qilmasdan turib, Alloh senga rahm etishini umid qilasan?!" Abu Dardo (r.a.) bolalarning orqasidan yurib, ulardan chumchuqlarni sotib olar, keyin ularni qo‘yib yuborar va, bor, yashayver, der edilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling