Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
QIRQ TO‘QQIZINCHI BOB RAHMAT VA SHAFQAT 574. Faqih aytadilar: Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qildilar: "Bir kishi yo‘lda ketayotib qattiq chanqadi va quduqni topib, unga tushib suv ichdi. Chiqqanida bir it hansirab, chanqaganidan tuproqni yalayotganini ko‘rdi. Haligi kishi o‘ziga-o‘zi, bu it xuddi menga o‘xshab chanqabdi, dedi. So‘ng quduqqa tushib mahsisini to‘ldirib, suv olib chiqdi va itning og‘ziga quydi. It suv ichib, chanqog‘ini bosdi. Alloh taolo unga shukr aytdi (ya’ni, undan rozi bo‘ldi) va gunohini kechirdi". "Ey Rasululloh, bizlar hayvonlar uchun ham ajr olamizmi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Har bir jigari bor jonda ajr bor". 575. Hasan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: "Jannatga rahm qiluvchilar kiradi". "Ey Allohning elchisi, biz hammamiz rahmdilmiz", deyishdi. "Rahmlilik har birlaringiz uchun xos emas, balki odamlarga hammalari rahm qiladi, rahm qilsalar ham, Alloh uchun qiladilar". Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Agar birodaringizga bir jazo yetgan bo‘lsa, uni la’natlamangiz, uning ustida shaytonga yordam bermangiz, balki: "Ey Parvardigor, unga rahm qil, ey Parvardigor, uning tavbasini qabul qil", deb aytingiz". Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 236 576. Sha’biy aytadilar: No‘’mon ibn Bashir minbarga ko‘tarildilar va Allohga hamdu sano aytdilar. So‘ng: "Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam: "Musulmonlar bir-birlariga nasihat qilib yurmog‘i va o‘zaro rahmli bo‘lmog‘i lozim. Jasaddagi a’zolar misoliki, agar bittasi og‘risa, qolgan a’zolar bedorlik bilan hamdard bo‘ladi, toki og‘riq ketguncha", deganlarini eshitganman", dedilar". Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Umar (r.a.) kechalarning birida aylanib yurardilar. Bir joyga tushgan to‘daning yonidan o‘tdilar. Umar (r.a.) ularga o‘g‘ri tushishidan qo‘rqdilar. Abdurahmon ibn Avfning oldilariga keldilar. Abdurahmon: (r.a.): "Bu soatda nima qilib yuribsiz, yo amirul mo‘minin?" deb so‘radilar. "Bir jamoatning yonidan o‘tdim. Keyin o‘zimcha, bular yotib uxlaydi, so‘ng ularni o‘g‘rilar tunaydi, deb qo‘rqdim. Men bilan yuring, ularni qo‘riqlaymiz", dedilar. Ikkovlari borib, jamoat yotgan joyga yaqinroqda o‘tirib, qo‘riqchilik qila boshladilar, tong yorishgachgina turdilar. Keyin Umar (r.a.): "Ey ahli jamoat, namoz", deb bir necha marta nido qildilar. Ularning harakatga tushganlarini ko‘rib, qaytib ketishdi". Faqih (r.a.) aytadilar: Sizlar oldin o‘tganlarga ergashishlaringiz lozim. Payg‘ambar alayhissalom sahobalari bir-birlariga rahm qilganlari tufayli maqtovga erishdilar. Alloh taolo aytadi: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling