Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
327 – sadaqa, yomon ishdan qaytarishing – sadaqadir, Allohni zikr qilishing – sadaqa va ahling bilan jimo’ qilishing ham sadaqa”. “Ey Allohning elchisi, agar kishi shahvatini qondirsa, u ham sadaqa bo‘ladimi?” deb so‘radik. “Agar shu ishni Alloh harom qilgan tomonda bajarsa, gunohkor bo‘ladimi?” deb so‘radilar. “Gunohkor bo‘ladi dedik”, dedik. “Demak, agar uni Alloh halol qilgan o‘rinda qilsa, u sadaqadir. Ammo bularning hammasidan ham ikki rak’atli zuho namozi ustundir”, dedilar Nabiy (s.a.v.). 862. Abu Rofi’ rivoyat qiladi. Nabiy (s.a.v.) Abbosga (r.a.): “Ey amaki, sizga silai rahm qilaymi, hadya beraymi, yo sizga manfaat keltiraymi?” deb so‘radilar. “Ota-onam fido bo‘lsin sizga, manfaat bering”, dedilar Abbos. Nabiy (s.a.v.): “Turib to‘rt rak’at namoz o‘qing, har bir rak’atda Fotiha bilan bitta sura o‘qing. Qiroat tamom bo‘lsa: “Subhonallohi valhamdulillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar”, deb o‘n besh marta ayting, keyin ruku’ qiling va shu kalimani o‘n marta ayting. Boshingizni ko‘tarib, uni yana o‘n marta ayting, keyin sajdada ham o‘n marta ayting, so‘ng boshingizni ko‘tarib sajda qilib, yana o‘n marta ayting. Boshingizni sajdadan ko‘tarib, turishingizdan oldin tag‘in o‘n marta ayting. Bular har rak’atda yetmish beshta, to‘rtta rak’atda esa uch yuzta bo‘ladi. Agar gunohingiz cho‘lning qumichalik bo‘lsa ham, Alloh taolo sizni kechiradi”, dedilar. Abbos aytdilar: “Agar uni banda har kuni qilishga qodir bo‘lmasa- chi?” “Har oyda qilsin”, dedilar Nabiy (s.a.v.). “Har oyda ham qodir bo‘lmasa-chi?” dedilar. Aytdilar: “Bir yilda bir marta qilsin”. Ka’bul Ahbor aytadilar (r.a.): “Agar birontangiz ikki rakkat nafl namozining savobini ko‘rolganida edi, uning tog‘dan ham balandroq ekanini bilardi. Farzlar esa, bu aytilganlardan-da ulug‘roqdir”. 863. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Uylaringizda namoz o‘qib turinglar, qabristonga aylantirib qo‘ymanglar”. 864. Payg‘ambar (s.a.v.) yana aytadilar: “Kishining uyida o‘qigan nafl namozi odamlar oldida o‘qigan nafl namozlaridan afzaldir. Bu jamoat bo‘lib o‘qilgan namoz kishining yolg‘iz o‘qigan namozidan afzal bo‘lgani kabi”. 865. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kishining uyida o‘qigan nafl namozi nurdir va uylaringizni nurga to‘ldirinlar”. 866. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim shom va xufton namozi orasida yigirma rak’at nafl namoz o‘qisa, Alloh u uchun ahlini, molini, dinini, dunyosi va oxiratini saqlaydi. Kim bomdodni o‘qib, keyin joynamozida quyosh chiqquncha o‘tirsa, so‘ng ikki rak’at namoz o‘qisa, Alloh taolo qiyomat kuni uning uchun do‘zaxdan saqlovchi bir hijob paydo qiladi”. 867. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: “Abu Zarrga (r.a.): “Menga vasiyat qiling, ey amaki”, deb aytdim. Aytdilar: “Kim ikki rak’at zuho namozini o‘qisa, g‘ofillardan deb yozilmaydi. Kim to‘rt raka’t o‘qisa, obidlardan deb yoziladi. Kim olti raka’t o‘qisa, unga o‘sha kuni gunoh ergashmaydi. Kim sakkiz rak’at o‘qisa, xudojo‘ylardan, deb yoziladi. Kim o‘n rak’at namoz o‘qisa, unga jannatda uy quriladi. 868. Payg‘ambarimiz (s.a.v) aytadilar: “Jannatda zuho degan eshik bor. Qiyomat kuni nido qiluvchi: “Qani zuho namozini doim o‘qiganlar? Bu eshik sizlarga, qani kiringlar”, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling