Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
330 muazzin nima deb aytayotganini bilganlarida edi, uxlamas, dam olmas edi”, dedilar. “Bizga muazzin nima deganini bildiring”, dedik. U zot “Muazzinning “Alloh akbar, Allohu akbar” degani, ey mashg‘ullar, to‘xtanglar, badanlarga dam beringlar va amallaringizning yaxshisiga kirishinglar, deganidir. Agar muazzin: “Ashhadu alla ilaha illallloh”, desa, osmonlaru yerdagi barcha maxluqot qiyomat kunida sizlarni chaqirganim haqida Alloh huzurida men uchun guvohlik beradi, deb tushuninglar. “Ashhadu anna Muhammadar rosululloh”, degani esa, qiyomat kuni barcha payg‘ambarlar va Muhammad (s.a.v.) men sizlarni har kuni besh marta namozga chaqirayotganimga guvohlik berishadi, deganidir. “ Hayya ‘alassolah”, degani, Alloh taolo bu dinni sizlarga qoim qildi, endi siz uni qoim qiling, deganidir. “Hayya ‘lal falah” deganda esa, rahmatda suzinglar va hidoyatdagi nasibangizni olinglar, degan ma’noni tushuninglar. “Allohu akbar, Allohu akbar” degani, namozdan oldingi ishlar harom bo‘ldi”, ma’nosidadir. “La-a ilaha illalloh” degani, yetti qat yer va yetti qavat osmon omonatini yelkalaringizga qo‘ydim, hohlasangiz kelinglar, hohlasanglar, burilib ketinglar” deganidir. 874. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Ikki kimsa namozda turadi, ikkalasining ruku’ va sajdasi bir xil. Lekin namozilari orasidagi farq yer va osmon orasichadir”. Aytishlaricha, mehrob quyidagi sababga ko‘ra mehrob (lug‘aviy ma’nosi “harb maydoni” degani) deb nomlandi. Ya’ni, u jang maydoni, qalbni mashg‘ul qilib qo‘ymasligi uchun shayton bilan jang qilinadi. Zikr qilishlaricha, Hotam Zohid (r.a.) Isom ibn Yusufning oldlariga kirdilar. Isom u kishidan: “Ey Hotam, namozni chiroyli o‘qiysizmi?” deb so‘radilar. “Ha”, dedilar. “Qanday o‘qiysiz?” “Agar namoz vaqti yaqinlashsa, tahoratni mukammal qilaman, keyin namoz o‘qiydigan o‘rinda hamma a’zolar bilan to‘g‘ri turaman. Ka’bani ikki qoshim orasida, Ibrohim maqomini qalbimda, Alloh taolo tepamda qalbimdagi hamma narsani bilib turibdi, degan o‘yda bo‘laman. Go‘yoki qadamim sirot ustida, jannat o‘ng tomonimda, do‘zax chap tomonimda, o‘lim farishtasi orqamda va bu namoz oxirgi namozim deb gumon qilaman. Keyin qo‘rqinch bilan takbir aytaman va tafakkur bilan o‘qiyman. Ruku’ni tavoze’ bilan, sajdani yolborgan holda qilaman. Xotirjam o‘tirib, qo‘rqinch bilan tashahhud o‘qiyman va sunnatga binoan ixlos bilan salom beraman. Xavf va umid bilan turaman. Keyin sabrda davomli bo‘laman”, dedilar Hotam. Isom: “Ey Hotam, namozingiz shundaymi?” deb so‘radilar. “Ha, shunday”. “Bu sifat bilan necha yildan beri namoz o‘qiyapsiz?” “O‘ttiz yildan beri”. Isom shunda: “Bunaqa namozni hech o‘qimaganman”, deb yig‘ladilar. Zikr qilinishicha, Hotam (rohmatullohi alayh) bir marta jamoat namozini o‘qishni qoldirdilar. U kishiga shunda ba’zi do‘stlari ta’ziya bildirdilar. Hotam qoldirgan namozi uchun yig‘lab: “Agar o‘g‘lim o‘lganida, Balxning yarmi ta’ziyaga kelardi. Hozir jamoatni o‘tkazib yubordim, faqat ayrim do‘stlarim ta’ziya izhor etishdi. Agar o‘g‘illarim o‘lsa ham, bu musibat menga jamoatni tark qilishimdan yengilroq bo‘lar edi”, dedilar. Hakimlardan biri aytadi: “Namoz ziyofatdir. Alloh taolo uni muvahhidlar* uchun har kuni besh marta tayyorlaydi. Ziyofatda taomlar xilma-xil bo‘lib, har bir taomning lazzat va rangi bo‘lgani kabi, namozda ham turli zikr, amallar, amallarga savob va gunohlarga kafforat bordir”. Aytadilarki, namozxonlar ko‘p, namozni qoim qiluvchilar kamdir. Alloh taolo namozni qoim qilgan mo‘minlarni kitobida vasf qilib: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling