Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
333 878. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bani Aslam qabilasidan bir kishi Payg‘ambarga (s.a.v.): “Bu kecha men uxlay olmadim”, dedi. “Nima uchun?” deb so‘radilar. “Meni chayon chaqib oldi”. Unga Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Uxlayotgan vaqtingda “A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq”, deb aytganingda, agar Alloh hohlasa, senga hech narsa zarar bermas edi”. 879. Said ibn Musayyab aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) juma kuni Maozni yo‘qotib qo‘ydilar. Juma namozini o‘qib bo‘lgach, Maoz kirib keldilar. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda: “Nima uchun namozda ko‘rinmading?” deb so‘radilar. Maoz javob berdi: “Ey Rasululloh, falonchi yahudiydan qarz olgan edim. Namozga chiqsam, u meni ushlab olishidan qo‘rqdim”. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ey Maoz, senga bir duo o‘rgataymi, u bilan duo qilsang, senda qancha qarzing bo‘lsa ham, Alloh taolo undan qutqaradi”, dedilar. Maoz: “Mayli, ayting”, dedilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: Oli Imron, 26 – 27-oyatlarini o‘qiganingdan so‘ng, ”Ya rohmanad dunyo val oxiroti va rohiymahuma, tu`ti minhuma man tasha`u va tamna’y minhuma man tasha`u farhamniy rohmatan tug‘niyniy biha ‘ar rohmati man sivak”, deb ayt. Aytishlaricha, bu duoni asir kishi o‘qisa, Alloh taolo uni asirlikdan ozod qilar ekan. 880. Abu Umoma Bohiliy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim tong otgan paytda “Allohumma lakal hamd la-a ilaha illa anta, anta robbiy xolaqtaniy va ana ‘abduka amantu bika muxlisol laka diyniy. Asbahtu ‘ala ahdika va va’dika mastato’tu va atubi ilayka min sayyii ‘amaliy vastag‘firuka lizunubiy. Innahu la-a yag‘firuz zunuba illa anta”, desa, agar shu kuni o‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Agar bu duoni kechasi aytsa va kechasi o‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi. Faqat bunda “asbahtu” ning o‘rniga “amsaytu” deydi. 881. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kimki tong ottirib, uch marta “bismillahillaziy la-a yazurru ma’asmihi shay`un fil arzi va la-a fis sama`i va huvas sami’ul ‘alim”, degan duoni o‘qisa, unga kechgacha hech qanday balo yetmaydi. Agar kech bo‘lganda aytsa, ertalabgacha hech qanday balo kelmaydi. Aytishlaricha, bu hadisning roviylaridan biri Abbonga shol kasali tekkan edi. (Alloh o‘zi asrasin.) Shunda unga: “Bizga aytgan gapingiz qani?” deyishdi. Abbon: “Allohga qasamki, yolg‘on gapirmadim, menga ham yolg‘on gapirishmagan, lekin Alloh meni shu balo bilan imtihon qilishni xohlagan ekan, o‘sha duoni esimdan chiqartirib yubordi”, dedilar. 882. Nofi’ Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladilar. U kishi aytdilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib: “Ey Rosululloh, men kambag‘allashib qoldim”, dedi. “Farishtalarning salovoti, xaloyiqning tasbehi aytiladigan va ular rizqlanadigan paytda qaerda eding?” dedilar. “U qaysi payt?” deb so‘radi. “Subhonallohi va bihamdih, subhonallohil ‘aziym, astag‘firulloha”, deb subh kirishidan bomdod namozini o‘qiguningcha yuz marta aytsang, senga dunyo xokisor holda keladi”, dedilar. 883. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) uxlamoqchi bo‘lsalar, ikki kaftlarini bir qilib, so‘ng ikkalasiga “Qul huvallohu ahad” va ikki “Qul a’uzu”ni o‘qib, puflab, so‘ng ikki qo‘llarini yuzlariga, boshlariga va boshqa joylariga surtar edilar”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling