Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
341 ko‘rishmasa ham, iymon keltirib, Alloh amriga ergashishadi. So‘ngra (odamlarning yaxshisi) ulardan keyingi asrdagilar. Ular ham menga iymon keltirishadi. So‘ng ulardan keyin shunday kishilar kelishadiki, ular namozlarini zoe’ qiladilar, shahvatlarga ergashadilar, buyurgan narsalarimni tashlab, undan qaytarganlarimni qiladilar, dinning nafslariga yoqqan tomoninigina oladilar, odamlar orasida amallari bilan riyo qiladilar, so‘ralmasa-da, qasam ichadilar, guvohlik so‘ralmasdan guvohlik beradilar, omonat berilsa, xiyonat qiladilar, omonatni ado etmaydilar, gapirganlarida yolg‘on gapiradilar, qilmaydigan narsalarini aytadilar, ulardan ilm va hilm ko‘tariladi, ularda johillik va buzuq ishlar zohir bo‘ladi, ulardan hayo va omonatdorlik ko‘tariladi, ularda hiyonat va yolg‘onchilik, ota-onaga oq bo‘lish, qarindoshchilikni uzish, uzun-uzun orzular, baxillik, dunyoga hirs, ochko‘zlik, hasad, zulm, yomon xulq, yomon qo‘shnichilik ko‘payib yoyiladi. Ular dindan kamondan o‘q chiqqanidek chiqib ketadilar, qiyomat faqat odamlarning yomonlari qolganda qoim bo‘ladi. Agar sizlarni jannat kengligida va ne’matlarida turish xursand qilsa, sunnat va jamoatni mahkam tutinglar. Ishlarning yangilaridan saqlaninglar. Chunki har bir yangi narsa bid’atdir va har bir bid’at zalolatdir. Albatta, Alloh taolo hech qachon Muhammadning ummatini zalolat ustiga birlashtirmaydi. Bas, kim toat ipini yechsa, jamoatdan ajralsa, Alloh amrlarini zoe’ qilsa va Alloh hukmlariga xilof bo‘lsa, g‘azab qilingan holda Allohga yo‘liqadi va Alloh uni do‘zaxga kirgizadi”. 907. Arboz ibn Soriya Salamiy (r.a.) aytadilar: “Bizlarga Rasululloh (s.a.v.) ta’sirchan bir xutba qildilar. Uning sababidan ko‘zlar yoshga to‘ldi, qalblar eridi. Sahobalardan bir kishi: “Ey Allohning elchisi, bu vidolashuv mav’izasi bo‘ldi. Bizlarni nimaga buyurasiz?” deb aytdi. Nabiy: “Allohga taqvo qilishga, eshitish va toatga buyuraman. Chunki mendan keyin ko‘p ixtiloflarni ko‘rasizlar. Ishlarning yangilaridan saqlaninglar. Chunki u adashishdir. Kim o‘sha vaqtga yetsa, mening sunnatimni va to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalarimning yo‘lini mahkam tutsin. Ularni oziq tishlaringiz bilan tishlanglar”, dedilar. 908. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim halol yesa, sunnatga amal qilsa, odamlar uni yomonligidan omon bo‘lsalar, jannatga kiradi”. “Ey Alohning elchisi, bunday kishilar odamlar orasida ko‘p-ku?” deyishdi. Aytdilar: “Mendan keyingi asrlarda ular kamayadi”. 909. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) menga bir chiziq chizdilar va bu Allohning yo‘lidir”, dedilar. So‘ng uning o‘ng va chapiga qaratib, bir necha chiziq chizdilar. Aytdilarki: “Bu yo‘llarning ustida shayton bor va o‘zining yo‘liga chaqiradi”. So‘ng ushbu oyatni o‘qidilar: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling