Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Qachon Allohning yordami va g‘alabasi kelsa”
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Inna lillahi va inna ilayhi roji’un”
“Qachon Allohning yordami va g‘alabasi kelsa” oyati tushganida, Payg‘ambar
(s.a.v.) kasal edilar. Payshanba kuni odamlar oldiga chiqmoqchi bo‘ldilar. Boshlarini bog‘ich bilan bog‘lab olgan edilar. So‘ngra minbarga ko‘tarildilar. Ranglari sarg‘aygan, ko‘zlarida yosh bor edi. Keyin Bilolni chaqirib, Madina ahlini vasiyatlarini eshittirishlari uchun jam qilishga buyurdilar. Zero, u Rasulullohning (s.a.v.) oxirgi vasiyatlari edi. Bilol Madina ahlini chaqirganida, ularning katta-yu kichik hammasi yig‘ildi. Uydagilar uylarini, bozordagilar bozorlarini tashlab kelishdi. Hatto unashtirilgan qizlar Payg‘ambarning (s.a.v.) vasiyatlarini eshitish uchun chiqishdi. Masjid yig‘ilganlarga torlik qildi.. Payg‘ambar (s.a.v): “Orqadagilarni ham sig‘diringlar”, dedilar. U zot (s.a.v.) yig‘lab turardilar. So‘ng: “Inna lillahi va inna ilayhi roji’un”, dedilar va Allohga hamdu sano o‘qidilar, payg‘ambarlarga va jumladan o‘zlariga ham salovat yo‘lladilar. Keyin aytdilar: “Men Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim al-arabiy al- xaramiy al-makkiyman. Mendan keyin payg‘ambar yo‘qdir. Ey odamlar, bilinglar, mening jonim uzilish arafasida, dunyodan ayrilish vaqtim keldi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 338 Rabbim bilan ko‘rishishga mushtoqman. E voh, ummatimga firoq. Mendan keyin nimalar deydilar, Allohim, salomat qil, salomat qil. Ey odamlar, Alloh taolo sizlarga tushirgan hukmlarida nima halol va nima harom, nimalar qilishlaringiz, nimalardan saqlanishingizni bayon qilib berdi. Uning halol narsalarini halol denglar, xarom qilganini harom denglar. Mutashobih oyatlariga iymon keltiringlar, muhkam, ya’ni, ochiq-ravshan oyatlarini qattiq ushlanglar. Misollardan ibratlaninglar”. Keyin boshlarini osmonga ko‘tarib: “Ey Parvardigor, yetkazdimmi? Guvoh bo‘lgin”, dedilar. So‘ng yana so‘zlarini davom etdilar: “Ey odamlar, Alloh taolodan uzoq, xorlangan, adashgan, jannatdan uzoq, do‘zaxga yaqin bo‘lgan nafsi havodan saqlaninglar. Jamoat va istiqomat qilishni(to‘g‘ri yo‘lda yurishni) mahkam tutinglar. Chunki u Allohga, jannatga yaqin va do‘zaxdan uzoqdir... Ey Parvardigor, yetkazdimmi? Ey odamlar, dinlaringda va omonatlaringda Allohni unutmanglar, qo‘llaring ostidagilaring borasida ham Allohni yoddan chiqarmanglar. Yegan narsalaringdan ularga ham yediringlar va kiygan narsalaringdan kiydiringlar. Ularni toqati yetmaydigan ishlarga buyurmanglar. Chunki ular ham go‘sht, qon va xulqda sizga o‘xshaydi. Ogoh bo‘linglar, kim ularga zulm qilsa, qiyomat kuni men unga xusumat qilaman. Alloh ularning hokimidir. Xotinlaringiz xususida ham ehtiyotkor bo‘linglar. Mahrlariga vafo qilinglar. Ularga zulm qilmanglar. (Zulm qilsanglar) qiyomat kuni yaxshiliklaringdan mahrum etadi.... Yetkazdimmi? Ey odamlar, o‘zlaringni va ahllaringni do‘zaxdan saqlanglar. Ularga ilm va odob beringlar. Chunki ular sizlarga yordam beruvchi va omonatdirlar... Yetkazdimmi? Ey odamlar, ishlaringizdagi boshliqlarga itoat qilinglar, ularga osiy bo‘lmanglar. Agar-chi u biror a’zosi kesilgan habash qul bo‘lsa ham. Chunki kim ularga itoat qilsa, menga itoat qilibdi. Kim menga itoat qilsa, Allohga itoat qilibdi. Kim ularga isyon qilsa, menga isyon qilibdi. Kim menga isyon qilsa, Allohga osiy bo‘libdi. Ogoh bo‘linglar, ularga qarshi chiqmanglar. Ularning ahdlarini buzmanglar.... Yetkazdimmi? Ey odamlar, mening ahlimni yaxshi ko‘ringlar, Qur’onni ko‘targanlarni yaxshi ko‘ringlar, olimlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Ularga hasad etmanglar, g‘azab qilmanglar, ta’na toshi otmanglar. Ogoh bo‘linglar, kim ularni yaxshi ko‘rsa, meni yaxshi ko‘ribdi. Kim meni yaxshi ko‘rsa, Allohni yaxshi ko‘ribdi. Kim ularga g‘azab qilsa, menga g‘azab qilibdi. Kim menga g‘azab qilsa, Allohga g‘azab qilibdi... Yetkazdimmi? Ey odamlar, besh vaqt namozni tahoratini chiroyli olib, ruku’ va sajdalarini maromiga yetkazib o‘qinglar. Ey odamlar, mollaringizning zakotlarini ado qilinglar. Ogoh bo‘linglar! Kim zakotni ado etmasa, uning uchun namoz yo‘qdir. Ogoh bo‘linglar! Kimda namoz bo‘lmasa, unda din, ro‘za, haj va jihod ham yo‘q. Ey Parvardigor, yetkazdimmi? Ey odamlar! Kim yo‘lga qodir bo‘lsa, o‘sha kishiga Alloh taolo hajni farz qildi. Kim haj qilmasa, xohlagan holatida, yahudiy bo‘libmi, nasroniy yo majusiy bo‘libmi, o‘lsin. Faqat bir kasallik bilan og‘rigan yoki zolim podshoh uni man’ qilgani tufayli (haj qilolmasa) u uzrlidir. Ogoh bo‘linglar, qodir bo‘la turib, haj qilmaganlar uchun shafoatim yo‘q va havzimga yetolmaydi. Yetkazdimmi? Ey odamlar! Alloh taolo sizlarni qiyomat kuni bitta katta tepalikda jam qiladi. U kun og‘ir kundir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling