Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Ins va jinlardan bo‘lgan shaytonlar”
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“Ins va jinlardan bo‘lgan shaytonlar” (An’om, 112-oyat), degan oyatini
eshitmaganmisan?” dedilar. So‘ng jim qoldilar. U kishi gapirmagani uchun kalomni ko‘p qilib yubordim”, deb o‘yladim. So‘ng yana so‘rashga jur’at qildim: “Ey Allohning payg‘ambari, menga namozni buyurdingiz, namoz nima o‘zi?” (Keyin yuqorida zikr qilingan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi). Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 358 Abu Zarr aytadilar: “So‘ng odamlar yig‘ildi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sizlarga baxil kishi kim ekanini aytib berayinmi?” “Ha”, deyishdi. “Men zikr qilinsam, menga salovot aytmagan kishi”, dedilar Nabiy (s.a.v.) 942. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) Tabuk g‘azotiga chiqqanlarida, munofiqlardan ba’zilari u zotga ergashdilar, ammo bir-ikki kishi qolib ketgan edi. Odamlar: “Ey Rasululloh, falonchi qolib ketdi”, deyishdi. Nabiy: “Uni qo‘yaveringlar, agar unda yaxshilik bo‘lsa, Alloh taolo yaqinda sizlarga uni ro‘para qiladi. Agar boshqa bo‘lsa, Alloh taolo sizlarni undan ozod qilibdi”, dedilar. So‘ng: “Ey Rasululloh, Abu Zarr ham qolib ketdi”, deyishdi. “Uni qo‘yinglar, agar unda yaxshilik bo‘lsa, Alloh sizlarni yaqinda u bilan uchrashtiradi”, dedilar Nabiy. Abu Zarr (r.a.) orqada qolib ketgan edi. Chunki uning tuyasi sekin yurardi. Juda sekinlashib qolganida, nar salarini yelkasiga tashlab, Payg‘ambar (s.a.v.) izlaridan ergashdilar. Piyoda, orqasida yuki bilan kunning qattiq issig‘ida bir o‘zi kelardi. Odamlar: “Ey Rasulluoh, bir piyoda kishi kelyapti”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Abu Zarr bo‘lsin-da”, deb qo‘ydilar. Odamlar unga qarab turishardi. Yaqin kelganida: “Ey Rasululloh, Allohga qasamki, bu Abu Zarr (r.a.) ekan”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) ko‘zlari yoshga to‘ldi va: “Abu Zarrni Alloh rahmat qilsin. Bir o‘zi yuradi, bir o‘zi o‘ladi, yakka holatda tiriladi”, dedilar”. 943. Muhammad ibn Ka’b (r.a.) aytadilar: “Abu Zarr (r.a.) Usmon (r.a.) zamonlarida Rabzaga bordilar va shu yerda vafot etdilar. U kishining yonida xotini va xizmatkoridan boshqa hech kim yo‘q edi. U ikkisiga jasadlarini yuvib kafanlashni, so‘ng yo‘l chetiga qo‘yishni va kim birinchi o‘tsa, dafn etishga yordam beringlar, deb aytishni vasiyat qildilar. U yerdan Ibn Mas’ud o‘tdilar. Va yig‘lab yubordilar. So‘ng: “Payg‘ambar (s.a.v.): “ Yakka yurasan, yakka o‘lasan va yakka tirilasan”, deb to‘g‘ri aytganlar”, dedilar. Keyin Abu Zarrni dafn qildilar va yo‘llariga ketdilar. Yonidagilarga Tabuk yurishidagi Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan hadisni gapirib berdilar”. 944. Iyos ibn Salama otasidan, u kishi Abu Zarr G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.): “Mendan keyin senga balo keladi”, dedilar. “Alloh yo‘lidami?” deb so‘radim. “Alloh yo‘lida”, dedilar. “Marhabo, Allohning amri”, dedim. “Abu Zarr, garchi qora odamning orqasida namoz o‘qisang ham, eshit va itoat qil”, dedilar Nabiy (s.a.v.). Payg‘ambar (s.a.v.) vafot etganlaridan keyin Abu Bakr (r.a.) Abu Zarrni chaqirdilar. U kishi salom berdmlvr, so‘ng yig‘ladilar. Abu Bakr (r.a.): “Men Payg‘ambarning (s.a.v.) sen haqingda so‘zlaganlarini eshitganman. Senga yetadigan balo mening sababimdan yoki mening zamonimda bo‘lishidan Allohdan panoh tilayman”, dedilar. Abu Bakr (r.a.) vafot etganlaridan so‘ng Umar (r.a.) xalifa bo‘ldilar. U kishi ham Abu Zarrni chaqirib, unga yaxshi gaplar aytdilar. So‘ng: “Men Payg‘ambarning (s.a.v) senga aytgan gaplarini eshitganman. Senga men sababli yoki mening zamonimda balo yetishidan Allohdan panoh so‘rayman”, dedilar. Umar (r.a.) vafot etganlardan so‘ng Usmon (r.a.) xalifa bo‘ldilar. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Men Usmonning (r.a.) oldlarida o‘tirgan edim. Abu Zarr kirishga ruxsat so‘radi. Men: “Ey Mo‘minlarning amiri, Abu Zarr ruxsat so‘rayapti”, dedim. “Agar xohlasang ruxsat ber”, dedilar. Men u kishiga izn berdim, kirib o‘tirdilar. Usmon (r.a.) shunda unga: “Sen Abu Bakr va Umardan (r.a.) o‘zingni yaxshiman, deb, o‘ylarkansan”, dedilar. Abu Zarr: “Bu gapni aytmaganman”, deb javob berdilar. Usmon (r.a.) aytdilar: “Men senga hujjat keltiraman”. Abu Zarr: “Alloh yuzingizni nurlantirsin. Men sizdagi hujjatni bilmayman ammo nima deb aytganimni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling