Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Qachon (kofirlarning) ustiga so‘z – azob tushganida (ya’ni qiyomat
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Parvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa, ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb etmagan biron jonga (endi keltirgan)
“Qachon (kofirlarning) ustiga so‘z – azob tushganida (ya’ni qiyomat
yaqinlashib qolganida), Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bo‘lib qolganlari haqida so‘zlar” (Naml, 82-oyat). 931. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilar: “Quyosh g‘arbdan chiqmaguncha qiyomat bo‘lmaydi. Agar quyosh g‘arbdan chiqsa, odamlarning hammalari iymon keltiradi. U kunda keltirgan iymonlari foyda bermaydi. “Parvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa, ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb etmagan biron jonga (endi keltirgan) iymoni foyda bermas. Ayting: “Kutaveringlar. Biz ham kutuvchilarmiz!” (An’om, 158-oyat) 932. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Yaqinda sizlarga bir kecha keladi. Uning miqdori bu kechalaringizning uchtasidek bo‘ladi. Agar o‘sha kecha kelsa, uning kelganini kechasi tahajjud o‘qiydiganlar biladi. Kishi turib, darslarini o‘qiydi. Keyin uxlaydi. So‘ng turib, yana darslarini o‘qiydi, so‘ng uxlaydi. So‘ng turib, zikr-duolarini o‘qiydi. U shunday bo‘lib turganida, to‘satdan insonlar g‘alayon ko‘tarib qolishadi. So‘ng, nima bo‘ldi, deb masjidga sho shilishadi. Keyin quyoshni o‘ylab qolishadi, ammo u mag‘ribdan chiqib Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 355 bo‘lgan bo‘ladi. Osmonning o‘rtasiga kelgandan keyin ortiga qaytadi va mashriqdan chiqadi. Bu haqda Alloh taoloning: “Pavardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda...” (An’om, 158-oyat) degan so‘zi bor. 933. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambarlar onalari boshqa-boshqa bo‘lgan og‘a-inilardir. Dinlari bir xil. Ularning oralarda Iso ibn Maryamga eng yaqini menman. U bilan mening oramda payg‘ambar yo‘q. U ummatim ichida mening xalifamdir. U aniq tushadi, to‘ng‘izni o‘ldiradi, xochni sindiradi, jizyani bekor qiladi, yomonlik urushlarini to‘xtatadi, yer bir paytlar jabr-zulmga to‘lgani kabi yaxshilik va adolatga to‘lib ketadi, hatto sher tuya bilan, yo‘lbars sigir bilan, bo‘ri qo‘ylar bilan o‘tlab yuradi, kichkina bolalar ilonlar bilan o‘ynaydi”. Abdulloh ibn Umar aytadilar: “Iso (alayhissalom) tushganlarida, Dajjol u kishini ko‘rib, yog‘ erigandek erib ketadi. So‘ngra Dajjolni o‘ldiriladi. Undan yahudlar ajralib qoladi, so‘ng ular bilan ham urush bo‘ladi. Hattoki toshlar: “Ey Allohning musulmon bandasi, ortimda yahudiy bor, kelib uni o‘ldir”, deydi”. 934. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Ya’juj va Ma’juj har kuni o‘ra kovlab, quyosh nurlarni ko‘rishga yaqinlashib qolishganida, ularning ustidagilar: “Qaytinglar, ertaga kovlaysizlar”, deydi. Alloh uni asl holiga qaytarib qo‘yadi. Vaqti kelganida yana kavlashadi va quyosh nurlari ko‘rinay deb qolganida, ularga boshliqlari aytadi: “Qaytinglar, Xudo hohlasa, ertaga kavlaysizlar”. Ular kelishganida, kecha qoldirib ketilgan holatlarida turgan bo‘ladi. Uni kavlaydilar va insonlar ustiga yopirilib, suvlarini quritadilar. Odamlar ulardan qochib, qo‘rg‘onlariga berkinib olishadi. Alloh ularning bo‘yniga qurt yuborib, halok qiladi”. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: “Ya’juj-Ma’juj chiqqanidan keyin yana daraxtlar ekilib, Baytullohga haj qilinadi”. Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytadilar: “Ya’juj-Ma’jujdan birontasi o‘lsa, orqasida mingdan ortiq bolasi qoladi”. 935. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomat boshlanishi oldida fitnalar qorong‘i kechaning bo‘lagidek bosadi. U vaqtda badan o‘lgani kabi kishining qalbi ham o‘ladi. O‘shanda kishi mo‘min bo‘lib tong ottirsa, kofir bo‘lib kech qiladi. Mo‘min bo‘lib kech kirgizsa, kofir bo‘lib tong ottiradi. U vaqtda qavmlar dinlarini dunyoning ozgina matosiga sotib yuborishadi”. 936. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomatning olti alomati paydo bo‘lmasdan, yaxshi amallarga shoshilinglar. U shartlar quyoshning g‘arbdan chiqishi, Dajjol, tutun va yer hayvoni, har biringizga o‘lim kelishi va qiyomat kuni”. 937. Abdurahmon ibn Sobitdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: “Yaqinda sizlarga oyning tutilishi, ko‘p narsaning izdan chiqishi, pok insonlarga tuhmat qilish zohir bo‘ladi. “Ey Allohning elchisi, ular la-a ilaha illalloh, deb guvohlik beradilar-ku?”, deyishdi. “Ha, ammo ularda to‘rtta narsa – qo‘shiqchilar, musiqa asboblari, aroq ichish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling