Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Tafakkur qilish bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAKSON OLTINCHI BOB QIYOMAT ALOMATLARI
Tafakkur qilish bobi hadislari
919-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. Ibn Hibbon rivoyat qilgan. 920-hadis. Hasan-marfu’. Ibn Mojja rivoyat qilgan. 921-hadis. Hasan. Abu Na’im rivoyat qilgan. 922-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 923-hadis. Tahriji avval o‘tgan. 924-hadis. Tahriji avval o‘tgan. 925-hadis.Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga qarang. SAKSON OLTINCHI BOB QIYOMAT ALOMATLARI 926. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) aytdilar: “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib, “Ey Rasululloh, qiyomat qachon bo‘ladi?” deb so‘radi. Aytdilar: “So‘ralgan kishi so‘rovchidan biluvchiroq emas, lekin uning alomatlari bor. Bozorlaring kasod bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ammo o‘simlik unmaydi, ribo yeyish avj oladi, zinodan bo‘lgan bolalar ko‘payadi, boy odamlar ulug‘lanadi, masjidlarda fosiqlarning ovozlari baland bo‘ladi, munkar ahli haqiqat ahllaridan ustun keladi”. Keyin: “Ey Rasululloh, menga qanday yo‘l tutishni buyurasiz?” deb so‘radi hali gi odam. “Diningni olib qoch yoki uyingdan chiqma”, dedilar Nabiy (s.a.v.)”. 927. Iso ibn Abu Iso Asfahoniy aytadilar: “Rasulullohdan (s.a.v.): “Ey Rasululloh, qiyomat kuni qachon bo‘ladi?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “U narsa haqida so‘ralgan odam so‘rovchidan biluvchiroq emas. Lekin qiyomatning o‘nta sharti bor: qiyomatga yaqin qurg‘oqchilik bo‘ladi, fojirlar ko‘payadi, haqni aytuvchilar ojiz bo‘ladi, namoz minnat bilan qilinadi, zakot talofat hisoblanadi, omonatlar o‘lja qilinadi, qorilar mag‘rur, bolalar amir bo‘ladi, sultonlar zulm qiladi, xotinlarning so‘ziga yuriladi”. 928. Amr aytadilar: “Madinada uchta kishi Marvonning oldida o‘tirishardi. Shunda u zotning qiyomat alomatlaridan Dajjolning chiqishi to‘g‘risida gapirayotganini eshitishdi. Keyin ular u yerdan chiqib, Abdulloh ibn Umarning oldlariga borishdi va Marvon aytgan gapni so‘zlab berishdi. Abdulloh aytdilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.) bunday deganlarini eshitganman: “Alomatlarning birinchisi quyoshning g‘arb tomondan yoki yer hayvonining chiqishi. Bittasi chiqqandan keyin boshqasi ham tezda ro‘y beradi. Quyosh botganda, arshning tagiga keladi, sajda qiladi va qaytishga izn so‘raydi. Alloh uning mag‘ribdan chiqishini xohlaydigan kungacha uning uchun izn beradi. Qachon Alloh uni mag‘ribdan chiqarishni hohlasa, arsh ostiga kelib, sajda qilganidan keyin qaytishga izn so‘raganida, unga hech qanday javob berilmaydi. So‘ng qayta so‘raydi, yana javob berilmaydi. Keyin quyosh biladiki, agar endi unga izn berilganda ham, mashriqqa yetolmaydi. “Ey Rabbim, mashriq naqadar uzoq, mensiz odamlarga nima bo‘ladi?” deydi. Hattoki, kechasi bo‘lganida, gardish kabi bo‘lib kelib, yana izn so‘raydi. Unga: “Turgan makoningdan chiq”, deb aytiladi. Keyin Abdulloh ibn Umar ushbu oyatni o‘qidilar: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling