Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“(Ey mo‘minlar,) yerda (undagi tog‘u toshlar va vodiy dalalarda, dengizlar va
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Va agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yeta olmaysizlar”
“(Ey mo‘minlar,) yerda (undagi tog‘u toshlar va vodiy dalalarda, dengizlar va
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 350 daryolarda, hayvonot va nabotot olamida) hamda o‘zlaringizda (ushbu hayotga kelib-ketishingizdan tortib vujudlaringizdagi har bir a’zolaringizda balki har bir hujayralaringizning naqadar nozik tartib-intizom bilan yaratilib, o‘z o‘rniga joylashtirilganida va o‘z zimmasidagi Yara tuvchi buyurgan vazifani quloq qoqmasdan ado etib borishida) ishonuvchi zotlar uchun (Allohning qudratiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlar bordir. Axir ko‘rmaysizlarmi?” (Zoriyot, 20 – 21-oyatlar). Agar banda oyat-alomatlarga tafakkur bilan qarasa, ishonchi va ma’rifati ziyoda bo‘ladi. Xudoning marhmati va ne’mati haqida fikrlash Uning ne’matlariga e’tibor qilishdir. Hakimlardan ne’mat bilan marhamat orasidagi farqni quyidagicha belgilaganlar: “Ne’matlarning ko‘rinib turgani marhamat, ko‘rinmagani esa ne’matdir. Buning oddiy misoli – ikki qo‘l, ular Allohning marhamati, undagi quvvat esa, ne’mat. Yuz ham Allohning marhamati, undagi chiroy – ne’mat. Og‘iz – marhamat, taomning ta’mini his qilish – ne’mat. Agar kishida ikki oyoq bo‘lib, yurishga quvvat yetmasa, unga Alloh marhamat qilibdi, lekin ne’mat bermabdi. Tomir va suyaklar marhamat. Ularning sihatligi ne’matdir”. Ba’zilar: ”Ne’matning yetishi – marhamat. Musibatni daf bo‘lishi esa, ne’mat”, deyishadi. Ba’zilar buning ziddini aytishadi. Yana aytilishicha, ne’mat va marhamat bitta narsa. Alloh taolo aytadi: “Va agar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yeta olmaysizlar” (Ibrohim, 34-oyat). Xullas, inson ne’mat va marhamatlar to‘g‘risida fikr qilsa, muhabbati ziyoda bo‘laveradi. Uning savobi to‘g‘risida fikr qilish esa, Alloh taolo o‘z valiy-do‘stlari uchun jannatda qanday karomatlar tayyorlaganining savobini fikrlashdir. Alloh, Uning savobi haqida fikr qilish jannatga rag‘batni, uning talabida harakat qilishni, Rabbining toatida quvvatni ziyoda qiladi. Azobi haqida fikrlash esa, Alloh taolo dushmanlari uchun do‘zaxda tayyorlab qo‘ygan azoblar va xorliklarni fikrlashdir. Bu narsa unda qo‘rqinchni va gunohlardan tiyilish quvvatini ziyoda qiladi. Unga qilingan yaxshiliklar to‘g‘risida fikrlash Alloh taoloning ehsoni haqida fikr etishdir. Alloh uning gunohlarini berkitdi, azoblamadi va tavbaga chaqirdi. O‘zining jafosini fikr qilish esa, Allohning amrlarini tark etib, ma’siyatlar sodir qilganiga nazar solishdir. Bunday tafakkur qilish hayo va xijolatni ziyoda etadi. Qachon shu beshta narsa to‘g‘risida fikr qilsa, u Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan yaxshilikka erishadi. 924. “Bir soat tafakkur qilish bir yillik ibodatdan yaxshidir”. Bundan boshqa narsa to‘g‘risida fikr qilinmaydi, agar fikr qilinsa, u vasvasadir. Hakimlarning ba’zilari aytishadi: “Uch narsada fikr qilib bo‘lmaydi: Kambag‘allik to‘g‘risida. Chunki, u g‘amni, xafalikni ko‘paytiradi va boylikka hirsni ziyoda qiladi; birov zulm qilgan bo‘lsa, u to‘g‘rida ham fikr qilinmaydi, chunki qalbni qo‘pol qiladi, adovatni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling