Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Alloh tomonidan azob bo‘lsin uchun qo‘llarini kesinglar”


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet407/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

Alloh tomonidan azob bo‘lsin uchun qo‘llarini kesinglar” (Moida, 38-oyat), degan 
so‘zi haqida faqihlar deydilar: “Kim o‘n dirham o‘g‘irlasa, uning qo‘li kesiladi. Mo‘min 
kishining qo‘li o‘n dirhamning hurmatidan emas, balki ikki ish sababidan kesiladi: 
musulmonlar hurmatini oyoq-osti qilgani va Alloh taqsim qilgan narsaga rozi bo‘lmagani 
uchun. U boshqaning moliga ko‘z olaytirdi. Alloh taolo uning qo‘lini qilgan ishi sababli
jazo sifatida va boshqa Allohning taqsimotiga rozi bo'lmaydiganlarga ibrat uchun 
kesishga buyurdi”. 
Mo‘min kishi Alloh taqsim qilgan narsaga rozi bo‘lishi lozim. Chunki Alloh o‘lchab bergan 
narsaga rozi bo‘lish payg‘ambarlar va solihlarning xulqlaridandir. 
Abu Dardodan rivoyat qilinadi. U zot (r.a.) aytdilar: “O‘n ikkita narsa payg‘ambarlarning 
xislatlaridandir: 
1. Allohning va’dasiga ishonish. 
2. Odamlardan umid qilmaslik. 
3. Shaytonga dushmanlik qilish. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
373
4. Nafsning amri ustiga boshqanikini qabul etish. 
5. Maxluqotlarga mehr-shafqat ko‘rsatish. 
6. Xalqning musibatiga sherik bo‘lish. 
7. Jannatga ishonish, ya’ni, agar amal qilsa, Alloh amalining savobini zoe’ 
ketkazmasligiga qat’iy ishonish. 
8. Haqiqat ro‘parasida mutavoze’ bo‘lish. 
9. Adovat o‘rinlarida ham nasihatni tark qilmaslik. 
10. Kambag‘allikni dastmoya qilish, ya’ni, ortiqcha molni ushlab turmasdan, faqirlarga 
ishlatish. 
11. Doimo tahoratli yurish. 
12. Dunyoning narsasiga ega bo‘lganda, quvonmaslik, shuningdek, u narsa qo‘ldan 
ketganda, g‘am yemaslik”. 
Ulamolarning ba’zilari aytadi: “Zohidlarning mashg‘uloti o‘nta narsa: 
1. Shaytonga dushmanlik qilishni vojib bilish. Alloh taolo aytadi: 
“Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar” (Fotir, 16-
oyat). 
2. Faqat jannat uchun amal qilish, ya’ni, zohidlar amalni faqat hujjat sobit bo‘lgandan 
keyin qiladi. Alloh taolo bu haqda aytadi: 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling