Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet410/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
375
yomon bo‘lganidir. Agar olishi yomon bo‘lib, sotishi chiroyli bo‘lsa, unisi bunisini yopibdi. 
Ogoh bo‘linglar, har bir va’dasini buzuvchining bayrog‘i bo‘ladi. U qiyomat kuni shu 
bayrog‘i bilan bilinadi. Ogoh bo‘linglar, agar boshliq va’dasini buzsa, va’dani 
buzuvchilarning katta si o‘sha bo‘ladi. Ogoh bo‘linglar, jihodning afzali zolim podshoh 
oldida haq so‘zni aytishdir. Ogoh bo‘linglar, sizlarning birontalaringizni odamlardan 
qo‘rqish, haq gapni ko‘rgan yoki bilgan bo‘lsa, uni aytishdan to‘sib qo‘ymasin. Garchi 
quyosh mag‘ribdan chiqqan bo‘lsa ham. Ogoh bo‘linglar, dunyoning umri mana shu 
quyosh botishigacha bo‘lgan vaqt miqdorida qoldi”. 
957. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: “Biz Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga Hunayn jangida 
ishtirok qildik. Payg‘ambar (s.a.v.) Islom da’vosida bo‘lgan bir kishi haqida: “Bu do‘zax 
ahlidan”, dedilar. Ammo o‘sha kishi urush boshlanganida qattiq urushdi. Sahobalardan 
biri Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga kelib: “Ey Rasululloh, siz do‘zax ahli degan kishini 
ko‘rdim. Allohga qasamki, u Alloh yo‘lida qattiq jang qilyapti”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) 
aytdilar: “Yo‘q, u do‘zax ahlidandir”. Ba’zilar bu gapga shubha qilishdi. Shu orada u 
odam qattiq jarohat yedi. U qo‘li bilan o‘qdondan bir o‘q oldi. So‘ng munkar gaplarni 
gapirib, o‘zini o‘ldirdi. Sahobalar Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga shoshilib kelib: “Ey 
Rasululloh, sizning gapingizni Alloh to‘g‘ri qildi, falonchi o‘zini o‘zi o‘ldirdi”, deyishdi. 
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Tur, ey falonchi, jannatga faqat mo‘min kiradi”, deb nido 
qil. Amallar oxiriga ko‘ra (baholanadi). Ko‘p namoz, ko‘p ro‘zaning e’tibori yo‘q. Albatta 
ishning oxiriga qaraladi”. 
958. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: 
“Sizlarning yaralishingiz ona qornida qirq kun nutfa holida jamlanadi. Keyin qirq kun 
laxta qon bo‘ladi. So‘ng qirq kun homila holida bo‘ladi, so‘ng Alloh taolo unga bir 
farishtani to‘rt kalima bilan yuboradi. Unga: “Uning ajalini, umrini, amalini, rizqini, 
baxtsiz yoki baxtli bo‘lishini yoz”, deb aytiladi. Bir kishi ahli jannat amallarini qiladi, 
hattoki u bilan jannat orasida bir qarich masofa qoladi. So‘ngra unga yozilgan narsa 
yetadi va u ahli do‘zax ning amali bilan umrini xotima qiladi, so‘ng do‘zaxga kiradi. Yana 
biringiz do‘zax ahlining amalini qiladi, hattoki, u bilan do‘zax orasida bir qarich masofa 
qoladi. So‘ng unga yozilgan narsa yetadi va u jannat ahli amali bilan umrini xotima 
qiladi, so‘ng jannatga kiradi”. 
Bu hadis yuqoridagi “Amallar oxiriga ko‘ra (baholanadi)” hadisiga muvofiqdir. Har bir 
musulmon Alloh taolodan umrining oxirini xayrli qilishini so‘rab, duo qilishi vojibdir. 
Chunki iymon boy berilishidan eng ko‘p qo‘rqiladigan vaqt jon chiqar vaqtidir. 
Yahyo ibn Maoz Roziy (r.a.) aytadilar: “Parvardigoro, mening xursandchiligim meni 
iymon bilan mukarram qilishing bilandir. Uni mendan olib qo‘yishingdan qo‘rqaman. 
Modomiki, bu xavf men bilan birga ekan, uni qalbimdan sug‘urib olmasligingga umid 
qilaman”. 
Abul Qosim Hakimdan: “Bandadan iymonni oladigan gunoh bormi?” deb so‘rashdi. 
Aytdilar: “Gunohlardan uchtasi bandadan iymonni oladi: 
1. Unga iymon berib, ikrom qilgani uchun Allohga shukr etmaslik. 
2. Undan iymonning ketmog‘idan qo‘rqmaslik. 
3. Islom ahliga zulm qilish”. 
Hasan Basriydan rivoyat qiladilar. Aytdilar: “Kishi do‘zaxda ming yil azoblanadi. So‘ng 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling