Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
377 qalqon sotib oldi. Sallasini qorniga bog‘ladi, boshini ikki ko‘zidan boshqa hech joyi ko‘rinmaydigan qilib o‘radi. Keyin muhojirlarning oldiga keldi. “Bu chavandoz kim bo‘ldi?” deyishdi. Ali: “Qo‘yaveringlar, balki Bahrayn yoki Shomdan kelgandir. Sizlardan dinlaringiz, ishlaringiz haqida so‘ramoqchi bo‘lganu so‘ng sizlarga qo‘shilishni yaxshi ko‘rib qolgan bo‘lsa kerak”, dedilar. So‘ng u urushga kirishdi, nayza bilan sanchib, qilich bilan chopa boshladi. Bir payt oti yiqildi. Keyin piyoda holda yenglarini shimarib jang qildi. Payg‘ambar (s.a.v.) uning qora bilagini ko‘rib tanidilar va: “Sen Sa’dmisan?” dedilar. “Ota-onam sizga fido bo‘lsin. Men Sa’dman”, dedi. Nabiy aytdilar: “Sa’d muvaffaqiyatga erishdi”. Sa’d nayza bilan sanchib, qilich bilan chopib, Allohning dushmanlarini o‘ldirardi. Keyin: “Sa’d halok bo‘ldi”, degan xabar tarqaldi. Payg‘ambar (s.a.v.) uning oldiga keldilar. Boshini ko‘tarib, quchoqlariga oldilar. Keyin yuzidagi tuproqni kiyimlari bilan artdilar va: “Sening bo‘ying shunchalar yaxshiki, hatto Alloh va Rasuliga xush yoqadi”, dedilar va yig‘ladilar. Keyin ko‘mdilar va yuzlarini burdilar-da: “Allohga qasamki, u hovuzga yetdi”, dedilar. Abu Luboba: “Ota-onam sizga fido bo‘lsin, hovuz nima?” deb so‘radilar. “Bu hovuzning chekkalari dur va yoqut bilan qoplangan. Suvi sutdan ham oq, asaldan ham mazaliroq. Kim undan bir marta ichsa, hech qachon chanqamaydi”, dedilar. So‘ng: “Ey Rasululloh, ko‘rdimki, yig‘ladingiz, so‘ng kuldingiz, so‘ng yuzingizni burdingiz. Bularning sababi ne?” deb so‘radi. Rasululloh javob berdilar: “Avvalo Sa’dga mehrim jo‘shib yig‘ladim. So‘ng uning manzili va izzat-ikromi Alloh taolo zimmasida ekanidan xursand bo‘lib kuldim. Yuzimni olib qochganim esa, men uning hurlardan bo‘lgan juftlarini ko‘rdim. Ular boldirlari ochilgan, taqinchoqlari ko‘ringan holatda unga shoshilib kelishdi, o‘shalardan uyalib yuzimni olib qochdim”. Keyin qurolini, otini va boshqa narsalarni olishni buyurib aytdilar: “Bu narsalarni unga qizini bergan kishining oldiga olib boringlar va: “Alloh taolo uni sizlarning qizingizdan ham yaxshirog‘iga uylantirdi”, deb aytinglar”. 960. Faqih rivoyat qiladilar. Ubayd ibn Umayr aytdilar: “Oldingilardan uch kishi sayohatga chiqdi. Yomg‘ir yog‘ib qolib, ular bir g‘ordan boshpana topishdi. Shu payt tepadagi tog‘dan katta tosh tushib, g‘or og‘zi yopilib qoldi. Ular: “Yo‘l yo‘q, xabar kesildi. Biz uchun faqat Alloh va qilgan yaxshi amallarimiz bor, xolos” (ya’ni, Allohga qilgan solih amallarimiz hurmati duo qilaylik, shoyad, Alloh bizlarga yo‘l ochsa), deyishdi. Ulardan bittasi aytdi: “Parvardigoro, Sen bilarding, amakimning bir qizi bor edi. U menga juda yoqardi, men undan nafsimni qondirishini so‘radim. U bosh tortdi. Keyin uning boshiga qattiq muhtojlik tushdi. Mening oldimga kelib, yordam so‘radi. Men: “Yo‘q, men bilan birga bo‘lmaguningcha yordam bermayman”, dedim. U bosh tortdi. So‘ng yana qaytib keldi, boshiga qattiq ehtiyoj tushgan edi. (Boshqa rivoyatda: “Uning eri qattiq kasal bo‘lib qoldi, kichik bolalari bor edi, ularga qahatchilik yetdi”, deyiladi.) U uch-to‘rt marta kelib yordam so‘radi. Men: “Yo‘q, nafsing bilan meni qondirmaguningcha, yordam bermayman”, der edim. Oxiri u rozi bo‘ldi. Ammo men u ayol bilan birga bo‘lishga intilgan paytimda badanlarim titrab ketdi. Shunda u aytdiki: “Bu narsani faqat halol o‘ringa sarflashingiz lozim”. So‘ng men uni qo‘yib yubordim va unga zarur bo‘lgan narsani to‘liq qilib berdim. Ey Allohim, meni bu ishni Sening yuzingni istab qilgan bo‘lsam, bizdan bu toshni sur”. Shunda g‘orning og‘zida kichik tuynuk ochildi. So‘ng ikkinchisi aytdi: “Ey Allohim, bilasanki, mening keksa ota-onam bor edi. Bir kuni men sut sog‘ib, kechki ovqat uchun ularning oldiga keltirdim. Qarasam, ular uxlayotgan ekan, ammo uyg‘otishni xohlamadim, biroq qo‘ylarimni tashlab ketishdan ham qo‘rqdim. Shunday bo‘lsa-da, ularni qoldirib, ota-onamning boshida tong otguncha, idishni ushlab turdim. Vaholanki, qo‘ylarim sahroda edi. Allohim, agar bu ishimni O‘zingning roziliging uchun qilgan, deb bilsang, bizdan bu aziyatni ketkaz”. Shundn so‘ng g‘or og‘zidagi tosh |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling