Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet413/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
378
yana bir oz siljidi. Uchinchisi aytdi: “Allohim, bilasanki, men yollanma ishchilarni ijaraga 
olgan edim. Har kishi ikki mud ovqatga ishlar edi. Ularning haqqini to‘la qilib berar edim. 
Bittasi: “Mening ishim ko‘p, shuning uchun haqimni ham ko‘paytirib ber”, dedi. Men 
ko‘nmadim, uning achchig‘i chiqdi. (Bir rivoyatda: “Boshqa kishi kunning yarmida kelib, 
bir kunlik ish qildi. Uning haqini kamaytirgim kelmadi. Shunda ishchilardan bir kishi: 
“Men kunning avvalida keldim, u o‘rtasida keldi. Bizning haqqimizni teng qilib 
berasanmi?” dedi. Men: “Haqingdan biror narsani kamaytirdimmi?” dedim. Keyin u 
g‘azablanib, haqini tashlab ketdi”, deyiladi.) Men uning haqqini saqlab qo‘ydim. Ekdim, 
foydasiga sigir, qo‘y, tuya va boshqa narsalar oldim. Shundan so‘ng u nochor qolgan 
vaqtda mendan haqqini so‘rab keldi. Men: “Mana, bularning hammasi seniki, ol”, dedim. 
Allohim, bu ishimni Sening rizoliging uchun qilgan, deb bilsang, bizdan bu tanglikni 
ko‘targin”. Shunda g‘or og‘zidagi tosh yana siljidi. Ular chiqib ketishdi. 
961. Faqih Abu Lays Samarqindiy ustozlaridan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) 
aytdilar: “Bani Isroilda bir ibodatli odam bor edi. U juda husnli edi. Savat to‘qib, 
qishloqlarda yurib sotardi. Bir kuni saroyning yonidan o‘tib qoldi. Shunda uni malikaning 
cho‘risi ko‘rib qoldi va bekasiga: “Men eshik oldida savat sotib yurgan juda chiroyli 
kishini ko‘rdim. Bunaqasini hali ko‘rganim yo‘q”, dedi. Maliki: “Uni oldimga olib kir”, deb 
buyurdi. Cho‘ri obidni boshlab keldi. Malika obidni ko‘rib, uning husni jamoli asiriga 
aylandi. Shunda malika: “Sen bu savatlaringni tashla. Mana bu chiroyli to‘nni ol”, dedi. 
So‘ng cho‘risiga qarab: “Menga yog‘ va xushbo‘ylik keltir. Biz u bilan ehtiyojimizni 
qondiramiz, u ham bizning hojatimizni chiqaradi”, deb aytdi. Keyin yana obidga 
yuzlanib: “Agar men bilan birga bo‘lsang, senga ko‘p pul beraman, savat sotib 
yurishingga hojat qolmaydi”, dedi. Obid malikaga: “Men bu ishni xohlamayman”, deb bir 
necha marta aytdi. Shunda Malika: “Unda bu yerdan chiqolmaysan. Biz xohlagan ishni 
qilasan, keyin tashqariga chiqasan”, dedi va cho‘riga eshiklarni qulflashni buyurdi. Cho‘ri 
eshiklarni qulfladi. Bu ishlarni ko‘rib turgan obid: “Sizlarning qasringiz ning tepasida 
tahoratxona bormi, men tahorat qilmoqchiman?” dedi. Malika cho‘risiga uni tahorat 
qilish uchun tepaga olib chiqishni buyurdi. Obid teppaga chiqqach, tomning chekkasiga 
keldi. Qasr juda baland, bu yerdan pastga tushish uchun hech narsa yo‘q edi. Obid 
nafsini avray boshladi: “Ey nafsim, kechayu kunduz haris bo‘lib, yetmish yildan beri 
ulug‘ rabbingning rizoligini axtarasan. Mana bu bir marotaba bo‘ladigan maishat esa
yetmish yillik ibodatlaringni bekor qilib yuboradi. Agar yana unga ro‘baro‘ keladigan 
bo‘lsang, u ishni qilmasliging kerak. Qilsang, amallaring bekor bo‘ladi. Yaxshisi o‘zingni 
mana bu tomdan tashla. Shunda Allohga bu gunohni qilmasdan, yaxshi amaling bilan 
yo‘qliqasan”, dedi. Keyin u o‘zini qasr tepasidan tashlamoqchi bo‘lib turganida, Alloh 
taolo Jabroilga (alayhissalom): “Ey Jabroil, bu bandam Mening g‘azabimdan, Menga osiy 
bo‘lishdan qochib, o‘zini o‘ldirishni xohlayapti. Sen uni yerga tushmasidan qanoting bilan 
ushlab qol. Unga biror ziyon yetmasin”, dedi. 
Obid o‘zini qasr tepasidan tashlaganida, Jabroil (alayhissalom) qanotini uning tagiga 
yozdi va uni ushlab olib, xuddi ota o‘g‘lini yerga ehtiyotlab qo‘yganidek, oxista tushirdi. 
Xullas, u pastga eson-omon tushib olib, uyiga keldi. Savatlari saroyda qoldi. Bu vaqtda 
quyosh botgan edi. Obidning xotini: “Savatlarning puli qani?” deb so‘radi. Shunda u 
aytdi: “Bugun men savat sotib, pul topolmadim”. “Unda nima bilan iftorlik qilamiz?” dedi 
xotini. Obid: “Sabr qilamiz, sen turib tandirni o‘tin bilan to‘ldir. Qo‘shnilarimiz 
tandirimizga o‘tin solinmaganini ko‘rishsa, bularning uyida yegulik narsasi yo‘q ekan, 
deb bizni o‘ylab, xafa bo‘lishadi. Bu narsa yaxshi emas”, dedi. Xotin obidning aytganini 
qilib, tandirni o‘tin bilan to‘ldirdi-da, erining oldiga kelib o‘tirdi. Shunda qo‘shni 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling