Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
379 ayollardan bittasi obidning xotinini chaqirib, o‘tin so‘radi. “Ha, o‘tin bor, - dedi xotin, - kir-da, tandirning ichidagi o‘tinni olib ketaver”. Shunda qo‘shni ayol ichkari kirib, qaytib chiqdi va: “Ey falonchi, men senga hayronman, sen bu yerda ering bilan gaplashib o‘tiribsan, tandirda esa, noning pishib, kuyib ketay, deb turibdi”, dedi. Obidning ayoli borib, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, tandirning ichi nonga to‘la! Obidning xotini nonlarni bir idishga solib, erining oldiga olib bordi va eriga aytdi: “Mana qarang, tandirimiz nonlarga to‘lib qolibdi. Albatta, Rabbingiz bu ne’matni sizga bejizga yubormagan. Siz Rabbingiz huzurida ulug‘ odamsiz. Allohga duo qilib, umrimizning qolganida yaxshi yashashimiz uchun bizga ko‘p rizq berishini so‘rang»” Obid xotiniga qarab: “Ey xotin, shu kunimizga ham sabr qil”, dedi. Ammo xotini: “Allohga duo qiling”, deb tinimsiz so‘rayverganidan keyin obid: “Mayli, duo qilaman”, dedi va yarim kechasi turib, namoz o‘qidi, so‘ng Allohga: “Xotinimga qolgan umrida keng rizq bergin”, deb duo qildi. Obid mana shu so‘zlarni aytib duo qilib turgan paytida, uyning shifti ochilib, tepadan bir qo‘l qimmatbaho yoqut tashladi. Uning nuri bilan uy yorug‘ bo‘lib ketdi. Xuddi sham uyni yoritganidek. Obid xotinining oyog‘idan turtib uyg‘otdi. Xotini endi uxlagan edi. Obid xotiniga: “O‘rningdan tur-da, so‘ragan narsangni ol”, dedi. Xotin: “Duo qilishga shoshilmang. Shuning uchun meni uyg‘otdingizmi hali? Men uyqumda bir tush ko‘rdim. Usti yopiq va zabarjad bilan qoplangan, tizilib qo‘yilgan oltin kursilarga qarab turgan edim. U kursilarning orasidagi bitta kursining bir joyi ko‘porib olingan ekan, men: “Mana bu cheti qo‘porilgan kursi kimniki?” deb so‘radim. Ular aytishdiki: “Bu kursi ering o‘tiradigan joy”. “Nima uchun buning cheti qo‘porilgan?” deb so‘radim. “Bu qo‘porilgan joyni ering ertaroq so‘rab olgan”, deyishdi. Men: “Sizning kursingizga nuqson yetkazadigan biron narsa menga ke rak emas”, dedim”. Obidning xotini mana shu tushida bo‘lgan voqealarni aytib berdi va eriga: “Rabbingizga duo qiling, bu yoqutni joyiga qo‘yib qo‘ysin”, dedi. Keyin obid Allohga duo qildi, boyagi qo‘l kelib, yoqutni qaytib olib ketdi”. HIKOYAT 962. Faqih (r.a.) rivoyat qiladilar. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytdilar: “Vaqtiki, Rasululloh (s.a.v.) musulmonlarni bir-birlari bilan birodar tutintirganlarida, Said ibn Abdurahmon bilan Sa’laba Ansoriyni birodar qilib qo‘ydilar. Rasululloh (s.a.v.) Tabuk g‘azotiga chiqqanlarida, Ibn Abdurahmon u kishi bilan birga chiqdi. Sa’laba esa, birodarining ahliga qarab qoldi. U birodarining ahli uchun o‘tin, suv tashib berardi. Sa’laba qilayotgan hamma ishlarini faqat Alloh rizosi uchun qilardi. Bir kun Salaba birodarining uyiga kirganida, shayton uni vasvasa qila boshladi. Shayton: “Parda ortida nima borligiga qara”, dedi. Sa’laba pardani ko‘tarib qaradi. Shunda birodarining ayolini ko‘rib qoldi. U juda chiroyli ayol edi. Sa’laba sabr qilolmay, ayolning oldiga kirdi va uni ushladi. Ayol: “Ey Salaba, sen Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodaringning hurmatini saqlamading»” dedi. Sa’laba: “Holimga vayl bo‘lsin”, deb nido qilib, toqqa qochdi va baland ovoz bilan dedi: “Allohim, Sen Sensan, men menman, Sen mag‘firat bilan keluvchisan, men gunoh va xatolar bilan keluvchiman”. Nabiy (s.a.v.) g‘azotdan qaytib kelganlarida, barcha jangchilarni birodarlari kutib oldi. Faqatgina Saidning birodari kutib olgani chiqmadi. Said uyiga kelganida, xotiniga: “Ey xotin, Alloh yo‘lida tutingan birodarimga nima bo‘ldi?” dedi. Xotin: “U o‘zini xatolar dengiziga otdi va toqqa qochib ketdi”, dedi. Said birodarini qidirib ketdi. Uni g‘amgin holatda, qo‘llarini boshiga qo‘ygan suratda, baland ovoz bilan: “Rabbiga osiy bo‘lgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling