Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet411/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
376
undan jannatga chiqadi”. Keyin Hasan aytdilar: “Shoyadki, men o‘sha kishi bo‘lsam edi”. 
Hasan Basriy albatta, buni aytganlar, chunki u kishi oqibatidan qo‘rqardilar. Shuningdek, 
solih kishilar ham ishlarining oxiridan mana shunday qo‘rqishardi”. 
_________________ 
Mav’izalar bobi hadislari 
956-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 
957-hadis. Sahihi. Buxoriy rivoyat qilgan. 
958-hadis. Muttafaqun alayh. 
 
HIKOYATLAR BOBI 
959. Faqih (r.a.) Qatodadan, Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Bir kishi 
Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib: “Ey Rasululloh, mening qoraligim, yuzimning 
xunukligi jannatga kirishimdan qaytaradimi?” dedilar. Aytdilar: “Yo‘q, jonim qo‘lida 
bo‘lgan Zotga qasamki, Allohga ishonsang va Rasuli keltirgan narsalarga iymon 
keltirsang”. U odam: “Sizni Payg‘ambar qilib ikrom etgan Zotga qasamki, ashhadu alla-a 
ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluhu, deb bu majlisda 
o‘tirishimdan sakkiz oy oldin shohidlik berganman. Men sizning huzuringizdagi va 
boshqa kishilarga xitob qildim. Lekin ular yuzim xunuk va qoraligi sababli rad qildilar. 
Albatta, men o‘z qavmim – Bani Salim orasida nasabli bir kishiman, lekin menga 
tog‘alarimning qoraligi g‘olib kelgan”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Bugun Amr ibn 
Vahb ko‘rindimi?” U kishi saqif qabilasidan bo‘lib, Islomga yangi kirgan edi. “Yo‘q”, 
deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga: “Uning uyini bilasanmi?” dedilar. Aytdi: “Ha, 
bilaman”. Aytdilar: “Borib eshigini yumshoqlik bilan taqillat, so‘ng salom ber, so‘ng: 
“Payg‘ambar (s.a.v.) meni qizingizga uylantirdi”, deb ayt”, dedilar. Amrning turib qolgan 
qizi bor edi. U chiroyli bo‘lishi bilan birga aqlli ham edi. U odam Amrning uyiga kelib, 
eshikni taqillatdi va salom berdi. Ichkaridagilar salomni eshitib, eshikni ochishdi. Ammo 
uning yuzi xunukligini ko‘rib seskanishdi. U odam aytdi: “Payg‘ambar (s.a.v.) meni 
sizlarning qizingizga unashtirdilar”. Ular uni haydab yuborishdi. U kishi indamay chiqib, 
Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga jo‘nadi. Shunda qiz otasiga aytdi: “Ey otajon, vahiy kelib, 
sharmanda qilmasidan avval o‘zingizni qutqaring. Agar Payg‘ambar (s.a.v.) meni unga 
unashtirgan bo‘lsalar, men Alloh va Rasuli rozi bo‘lgan narsaga rozi bo‘ldim”. Qizning 
otasi uydan chiqib, Rasululloh (s.a.v.) oldlariga keldi va u zotga yaqinroq o‘tirdi. 
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sen Allohning rasulini rad qilding. Nima uchun?” “Ha, shu 
ishni qildim, Allohdan mag‘firat so‘rayman, men uni yolg‘onchi, deb o‘ylabman, uni 
unashtirdik. Alloh va Rasulining g‘azabidan Alloh nomi bilan panoh tilayman”, dedi. 
So‘ng o‘sha kishini qizga yuz dirhamga unashtirishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) kuyovga – u 
Sa’d Salmiy edi – aytdilar: “Yoring oldiga bor va u bilan bo‘l”. Sa’d: “Sizni haq 
payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, birodarlarimdan so‘rab topmasam, menda 
mahrga hech narsa yo‘q”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Xotiningning mahri 
mo‘minlardan uch kishining bo‘ynida. Usmon ibn Affon (r.a.) oldiga bor va undan ikki 
yuz dirham ol. So‘ng Abdurahmon ibn Avf (r.a.) oldiga borib, undan ham ikki yuz dirham 
ol. So‘ng Ali (r.a.) oldiga bor. Undan yuz dirham ol”. Usmon, Abdurahmon va Ali unga 
oshig‘i bilan berishdi. So‘ng Sa’d u pullarga bozordan yoriga narsa sotib olish uchun 
xursand bo‘lib ketayotganida, jarchining: “Ey Allohning chavandozlari, otlaninglar”, deb 
safarbarlikka chorlab yurganini eshitdi. Kuyov osmonga qaradi-da: “Ey Allohim, osmonu 
yer mulkining va Muhammadning (s.a.v.) ilohi, bu dirhamlarni Alloh va rasuli hamda 
mo‘minlar yaxshi ko‘rgan ishlarga sarflayman”, dedi. So‘ngra ot, qilich, kamon, yoy va 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling