Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qolurlar”


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qolurlar”
(Hijr, 2). 
60. Rivoyat qilindi: “Rasululloh aytdilar: “O‘lim go‘yoki chiroyli qo‘chqor ko‘rinishida 
keltiriladi. So‘ngra aytiladi: “Ey jannat ahllari, o‘limni bilasizlarmi?” Unga qarab, uni 
taniydilar. Ularga aytiladi: “Ey ahli do‘zax, o‘limni bilasizlarmi?” Unga qarab, uni 
taniydilar. So‘ngra jannat va do‘zax o‘rtasida o‘lim so‘yiladi. Keyin aytiladi: “Ey ahli 
jannat, o‘lmasdan abadiy qolmoq bor va ey ahli do‘zax, o‘lmasdan abadiy qolmoq bor!” 
Bu to‘g‘rida Alloh taolo aytadi: 
“Ey Muhammad! Siz ularni (ya’ni mushriklarni) barcha ish bitirilib (ya’ni jannat 
ahli jannatga, do‘zaxilar do‘zaxga hukm qilingan, ular) hasrat-nadomat qilib 
qoladigan kundan qiyomatdan qo‘rqiting” (Maryam, 39). 
Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Fojir kimsa ne’mat bilan xursand 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
bo‘lmasin. Albatta, uning orqasidan ko‘pincha tezkor narsa kelgay, u jahannamdir. Alloh 
taolo aytdi: 
“Har qachon jahannam o‘ti susaysa, bas, Biz ularga olovni lovullatib 
yuborurmiz” (Al-Isro, 97). 
Alloh bilguvchiroqdir. 
___________ 
V bob. Do‘zax va do‘zax ahlining sifatlari bobi hadislari 
1. Abu Hurayra. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Do‘zax ming yil qip-qizil rangga kirgungacha qizdiriladi...” Zaif*. Termiziy (2591) va Ibn 
Moja (4320). “Az-Zaiyfatu” (1305) ga qarang. 
2. Abdulloh ibn Jubayir. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Do‘zaxda tuyaning bo‘ynidek ilonlar bor...” Zaif*. Ahmad (191/4) va Asad ibn Musa 
(22), Ibn Hibbon (2613), Hokim (533/4) va Bayhaqiy, “Ash-sha’ab” (561). 
3. Ibn Mas’ud. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Bu dunyodagi olovlaringiz...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3265/6) va Muslim (2843/4). 
4. Hadis. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Do‘zaxda kishiga beriladigan eng yengil azob...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6562/11) va Muslim 
(213). 
5. Hadis. “Albatta jannat kishi yoqtirmaydigan...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6487/11) va Muslim (2822/4). 
6. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo Jabroilni chaqirdi...» Hasan. Sahih*. Termiziy (2560), Nasoiy (37), Ahmad 
(332/2) va Hokim (26/1). 
7. Anas ibn Molik. «Jabroil alayhissalom Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kutilmagan vaqtda, ranglari o‘zgarib keldilar...» Zaif*. «Al-
majma’a» (387/10) va «At-taxvif minan nor» (63/34 bet). 
8. Hadis. «Rasululloh aytdilar: «O‘lim go‘yoki chiroyli qo‘chqor ko‘rinishida keltiriladi...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4730/7) va Muslim 
(2849/4).

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling