Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“(Jannat) soyalari ular yaqin va mevalari ham (uzib tanovul qilish oson bo‘lishi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“(Jannat) soyalari ular yaqin va mevalari ham (uzib tanovul qilish oson bo‘lishi 
uchun) egib qo‘yilgan bo‘lur” (Inson, 14). 
Ya’ni, uning mevalari yaqin qilinib, uni yotib ham, turib ham, o‘tirib ham yeyilaveradi. 
Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Qur’onni Muhammad sallallohu alayhi 
vasallamga tushirgan Zotga qasamki, jannat ahllarining chiroylari va husnlari 
ziyodalashib boraveradi, mana bu dunyoda qarilik ziyodalashganidek”. 
63. Faqih aytadi: Suhaybdan rivoyat qilinadiki, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Jannat 
egalari jannatga, do‘zax egalari do‘zaxga kirgach, chaqirguvchi nido qiladi: “Ey jannat 
egalari! Alloh taolo sizlarga va’da qilgan narsalarni bermoqni xohlaydi. Aytdilar: “U 
nimadir? Axir, tarozularimizni og‘ir qilmadimi, ko‘zimizni oq (yorug‘) qilmadimi? 
Do‘zaxdan chiqarib, jannatga kirgizmadimi? Yana nima beradi?” So‘ngra aytdi: “Hijobni 
ochadi, unga qaraydilar, mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ularga berilgan 
narsalarning eng yaxshirog‘i Allohning yuziin ko‘rmoqlikdir”. 
64. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Jabroil Payg‘ambarning 
(s.a.v.) oldilariga oq oyna olib keldi. Unda bitta qora nuqta bor edi. Payg‘ambar (s.a.v.): 
“Yo Jabroil, bu qanday oq oyna?” dedilar. Aytdi: “Bu jumadir, qora nuqta - jumada 
qoyim bo‘ladigan vaqt. Bu sizga va qavmingizga oldingi qavmlardan ortiq qilingan 
jumadir! U oldingilar nosaro va yahudlardir. Shu jumada bir soat bor. Shu soatda 
mo‘min banda Allohdan nimaiki so‘ralsa, Alloh istijob qiladi va har qanday yomonlikdan 
panoh tilasa, o‘shandan panoh beradi. Bu juma mening nazdimda ziyoda qilingan 
kundir!” 
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ziyodalashgan kun nimadir?” 
Jabroil aytdi: “Albatta, Rabbingiz firdavsda bir vodiyni olgan. Unda mushkdan tepalik 
bor. Juma kuni bo‘lsa, payg‘ambar nuridan bo‘lgan minbarlar bilan qoplanadi. Nur 
minbarlari tillo minbarlardir. Yoqut va zabarjadlar bilan o‘ralgan. Unda siddiqlar, 
shahidlar, solihlar turadilar. Qur’on ahli xonalaridan chiqadilar. O‘sha mushkli tepalikda 
sohiblaridan keyin kelib o‘tirishadi. Rabbilari oldiga to‘planishadi. Allohga hamd 
o‘qiydilar, sano aytadilar. Alloh taolo ularga: “Mendan so‘ranglar!” deydi. Aytishadiki: 
“Sendan roziligingni so‘raymiz!” Alloh: “Sizlardan roziman! Sizlarga jannatni, uyimni 
ziynatladim, sizlarga barcha ne’matlarimni yetkazdim!” Keyin ularga o‘zining 
ravshanligini ko‘rsatdi va Alloh taolo bergan kunlarning ichida eng yaxshirog‘i juma 
bo‘lib qoldi, saxovatdan ziyoda qilgani uchun”. 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling