Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
zotlar uchun xushnudlik va go‘zal oqibat jannat bordir”
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
zotlar uchun xushnudlik va go‘zal oqibat jannat bordir” (Ra’d, 29), degan so‘zi
haqida deydi: “Jannatdan murod jannatdagi bir daraxtdir. Jannatdagi hamma uylar uning shoxlari soyasida turadi. Uning turli xil mevalari bor. Unga xuddi ho‘kizdek qush qo‘nadi, jannat ahllaridan biron kishi o‘sha qushni xohlasa, uni chaqiradi, so‘ng Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 43 dasturxonga taom bo‘lib tushadi, go‘shtning quritilgan tomonidan va yana boshqa pishirilgan tomonidan yeyaveradi. Keyin qush qaytib ketadi”. 67. A’mash Abu Hurayradan rivoyat qiladi. Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Mening ummatimdan jannatga birinchi kiradigan toifa Badr kechasidagi oy suratida kiradi. Keyingilari esa osmondagi eng yorqin yulduz suratida kiradi. Undan keyin kirayot-ganlar darajalariga qarab kiraveradi. Ular bavl qilmaydilar va hojat chiqarishga hojatlari bo‘lmaydi, tupurmaydilar, burunlarini ham qoqmaydilar. Tirnoqlari tillodandir, ichadigan idishlari marvariddir, terlari mushkdir. Axloqlari bir kishi axloqida qurilgan (ya’ni, hammasi bir xil), uzunliklari Odam alayhissalom bo‘ylari kabi oltmish gazdir”. 68. Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, ahli jannatlar soqolsiz, yungsiz yigitlar bo‘ladi. Ularda ikki qoshi, ikki kiprigi va boshidagi sochdan boshqa soch yo‘q, ya’ni ularda qo‘ltiq mo‘y va avrat mo‘ylari bo‘lmaydi. Bo‘ylari Odam alayhissalom bo‘ylaridek oltmish gaz bo‘ladi. Yoshlari Iso alayhissalom yoshlaridek o‘ttiz uchdir, ranglari oq, kiyimlari yashildir. Jannat ahllaridan biri dasturxonga ikki qo‘lini olib kelsa, bir qush kelib deydi: “Ey Allohning do‘sti, men salsabil bulog‘idan suv ichganman. Arshning tagidagi bog‘larda o‘tlaganman, ikki tomonlama ta’mi bor, biri suvda pishirilgan go‘sht ta’mi, ikkinchisi qovurilgan go‘sht ta’midir!”, xohlagancha yeydi. Jannat ahlining yetmish kiyimi bor. Ularning ranglari turli-tumandir. Ularning barmoqlarida o‘nta uzuk bor. Birinchisiga mana bu oyat yozilgan: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling