Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
45 69. Anas ibn Molikdan rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Alloh taolodan uch marotaba jannatni so‘rasa, jannat aytadi: “Ey Alloh, jannatga kirgiz uni!” Kim Allohdan do‘zaxdan omon saqlashni uch marotaba so‘rasa, do‘zax aytadi: “Ey Parvardigor, uni do‘zaxdan uzoq qil!” Allohdan bizlarni do‘zaxdan asrashini, uzoq qilishini va jannatga kiritishini so‘raymiz! U yerda birodarlar bilan ko‘rishib, yig‘ilishdan boshqa narsa bo‘lmaganda ham, qanchalik shinam va rohatbaxsh joy bo‘lishi muqarrar edi. Alloh u yerga baxsh etgan karomat va muruvvatlarning esa chegarasi yo‘q. 70. Anas ibn Molikdan rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Jannatda bozorlar bor, unda olish ham yo‘q, sotish ham yo‘q. To‘p-to‘p bo‘lib yig‘ilishadilar, dunyo qanday bo‘lganligini eslaydilar. Rabbilariga qilgan ibodatlarining qanday bo‘lganligini, dunyoda kambag‘allar va boylar qanday bo‘lganligini va o‘lim qanday bo‘lganligini. qanday qilib uzoq mehnatlardan keyin jannatiy kishilarga aylanganini eslashadilar” 71. Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Hamma insonlar Sirotga keladilar, ularning yurishlari do‘zax atrofidadir, keyin ular amallariga qarab Sirotdan o‘tishadi. Ba’zilari chaqmoqdek, ba’zilari shamoldek, ba’zilari qushlardek, ba’zilari uchqur otlardek, ba’zilari yo‘rg‘a tuyadek, ba’zilari chopqir odamdek o‘tishadi. Oxirgilari oyoqlarining barmoqlari bilan o‘tadi, yana birlari Sirotdan qaltirab o‘tadi. Sirot sirpanchiq, silliqdir. Uning o‘tkirligi qilichning o‘tkirligidek, unda tikanlar, ignadek qattiq tikonlik o‘simliklar bor. Ikki tomonda maloikalar turishadi. Ularda olovdan yasalgan ilgak-lar bo‘ladi. U bilan odamlarni tortib oladilar, uning orasidan (Sirot ustidan) o‘tgan kishi panoh topgandir, agar tirnalib, terilari qonagan bo‘lsa ham, o‘tgan kishi najot topgandir. Uning orasida pastga tushib ketgan kishi do‘zaxiydir. Maloikalar aytadilarki: “Ey Parvardigor, salomat qil, salomat qil”. Oxirgi kishi o‘tadi. Shu oxirgi kishi jannat ahlidandir. Vaqtiki, Sirotdan o‘tsa, Jannat darvozasiga ko‘tariladi. U o‘zining jannatda o‘rni borligini bilmaydi. O‘sha yerga qarab aytarkan: “Meni u yerga (yaxshi joyga) tushirgin”. Alloh aytarkan: “Agar seni u yerga tushirsam, boshqasini so‘ramaysanmi?” Aytarkan: “Yo‘q, so‘ramayman, Sening ulug‘liging haqqi!” Unga tushirarkan, keyin jannatdagi boshqa o‘rinlar unga ko‘rsatiladi. Oldin ko‘rib, so‘ragandan keyin bergani unga yaxshi tuyulmay qolar ekan. Aytarkan: “Ey Rabbim, meni u yerga tushirgin!” “Agar seni o‘sha joyga tushirsam, boshqasini so‘raysan!” Aytadi: “Yo‘q, sening ulug‘ligingga qasamki, so‘ramayman. “Uni tushirarkan. Keyin to‘rtinchi jannatga ko‘tariladi. To‘rtinchisiga yetganda unga oldin berilgan hamma narsalarda kamchilik ko‘rinarkan. Keyin jim turarkan, so‘ramas ekan. Aytisharkan unga: “So‘ramaysanmi?” “So‘rar edim-a, lekin uyalaman”, Alloh taolo aytarkan: “Senga bu joy dunyo misolidan o‘ntasidir!”. Bu ahli jannatning eng past joyidir”. Abdulloh ibn Mas’ud aytadi: “Payg‘ambar (s.a.v.) mana shu qissani gapirganlarida kular edilar, kulganlarida muborak tishlari ko‘rinib ketardi”. 72. Xabarda keladiki: “Dunyodagi xotinlar dunyodagi yaxshi amallari bilan jannatdagi hurlardan afzal qilinadi”. Alloh taolo aytadi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling