Xoqonlikning tashkil topishi. VI asr o‘rtalari


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana28.12.2022
Hajmi0.71 Mb.
#1012006
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QULAY KITOBCHA 7 SINF



RAHMATJON NIYOZMETOV @TARIXCHI.UZ QULAY KITOBCHA 
 
 
 
Xoqonlikning tashkil topishi. VI asr o‘rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda 
yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga 
Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi. 552-yilda Bumin 
xoqon” deb e’lon qilindi. Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning 
g‘arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga “Yabg‘u xoqon” degan unvon 
beriladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy 
qabilalar 
bo‘ysundiriladi. 
555-yildayoq 
turklar 
Sirdaryo 
va 
Orol 
dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng o‘lkalarni egallaydilar. Xoqonlik chegarasi eftallar 
davlati hududlariga tutashib ketgan. Natijada eftallar davlatining shimoliy hududlari xavf 
ostida qoldi. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston va 
Chag‘oniyonni eftallardan tortib oladilar. Turk xoqonligining eftallar bilan to‘qnashishi 
muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni Eron, so‘ngra Vizantiya bilan 
yaqinlashtiradi. Uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila 
barbod bo‘lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531–579) tashabbusi bilan 
yuzaga kelgan o‘zaro harbiy ittifoq Eron shohining Istamiga kuyov bo‘lishi orqali yanada 
mustahkamlanadi. Eron askarlarining Balxga hujumi ko‘magida turklar 563-yilda 
eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi 
Choch 
shahri 
ishg‘ol 
qilinadi. Sirdaryodan o‘tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular SamarqandKesh 
va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Sakkiz kun davom etgan shiddatli 
jangda eftallar qo‘shini yengiladi. Shunday qilib, janubdan Eron sosoniylaridan, 
shimoldan esa Turk xoqonligidan 563–567-yillarda zarbaga uchragan
eftallar davlati 
tamomila barbod bo‘ladi. Natijada mag‘lub davlatning merosi o‘zaro bo‘linib, ⦁ 
Amudaryoning janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan viloyatlar Eron, uning ⦁ o‘ng sohillari 
bo‘ylab Kaspiy dengizigacha cho‘zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufga o‘tadi. Eftallar 
davlati qulagach, vaziyat tubdan o‘zgaradi. Endilikda o‘z chegarasini shimoli sharqqa 
tomon kengaytirib olgan Eron Amudaryodan to Suriyaga qadar Ipak yo‘li ustidan o‘z 
nazoratini o‘rnatdi. Uzoq Sharqdan Eron hududlarigacha karvon yo‘li nazoratini o‘z 
homiyligi ostiga olgan turklar esa Eron orqali Vizantiya bilan bevosita savdo qiladigan 
bo‘ldi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling