Xoqonlikning tashkil topishi. VI asr o‘rtalari


* Budun – chorvador aholi


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana28.12.2022
Hajmi0.71 Mb.
#1012006
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QULAY KITOBCHA 7 SINF

* Budun – chorvador aholi 
* Xoqon – buyuk hukmdor, podshoh, imperator 
* Yabg‘u xoqon – xoqon urug‘idan bo‘lgan yurt hokimi 
* Shod – o‘n ming qo‘shin qo‘mondoni 
* Yasoq – dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq 
* Mustahkam markazlashgan davlat — bu barcha hududlari yagona hukmdor
hokimiyati tomonidan idora qilinuvchi davlatdir
6-§. G‘ARBIY TURK XOQONLIGI
 


RAHMATJON NIYOZMETOV @TARIXCHI.UZ QULAY KITOBCHA 
Xoqon To‘ng yabg‘u (618–630) hukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari 
isloh qilingan. Islohotga ko‘ra, mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning “yabg‘u” unvoni 
berilib, ular xoqonning noibiga (vakiliga) aylanadilar.
Shu bilan birga O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil 
hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi. Ular huzuriga xoqonlikning noiblari 
tudunlar yuboriladi. Biroq ichki kurash oqibatida G‘arbiy turk xoqonligi zaiflashib
boradi. 
Ijtimoiy hayot. G‘arbiy turk xoqonligiga birlashgan aholining hayoti va xo‘jaligi 
turlicha bo‘lgan. Xoqonlik o‘troq va ko‘chmanchi aholiga bo‘lingan. Ko‘chmanchilarning 
asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan. Aholining o‘troq qismi madaniy jihatdan ilg‘or 
bo‘lib, xoqonlikning ijtimoiy va iqtisodiy turmushida yetakchi ahamiyat kasb etgan. 
Xoqonlikda shaharlar va qishloqlar ko‘p bo‘lgan. Aholisi dehqonchilik, 
hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan shug‘ullanardi. Hunarmandlar yasagan 
zeb-ziynatlar va qurol-yarog‘lar xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ajralib 
turardi. 
Ichki va tashqi savdo-sotiq ishlari shahar aholisining asosiy mashg‘ulotlaridan biri 
bo‘lgan. Bu sohada ayniqsa Sug‘d savdogarlarining mavqeyi baland edi. G‘arbiy turk 
xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida VII asrning birinchi yarmida iqtisodiy aloqalar 
faollashdi. Bu davrda Xitoyga to‘qqiz marotaba savdo elchilari yuboriladi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling