Xoqonlikning tashkil topishi. VI asr o‘rtalari
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
QULAY KITOBCHA 7 SINF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chirchiq va Ohangaron
- Choch
Farg‘ona. Farg‘ona hukmdorlari “ixshid” deb atalgan. Farg‘ona yerlari juda
hosildor bo‘lib, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat (Xushkat) va Quva (Qubo) kabi yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib, ularning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‘lgan. Qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan. Farg‘ona vodiysida o‘troq aholi bilan bir qatorda chorvadorlar ham yashaganlar. Qurama va Qoramozor tog‘lari yonbag‘irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug‘ullanilgan. Bu vodiyda ko‘paytirilgan tulpor otlarning dong‘i jahonga taralgan. Choch va Eloq. Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita hokimlik mavjud bo‘lgan. Manbalarda ulardan biri Choch, ikkinchisi Eloq nomlari ostida tilga olinadi. Chochning markazi Choch shahri bo‘lib, hukmdori “tudun” deb yuritilardi. Eloqning markazi Tunkat, hokimlari esa “dehqon” deb atalardi. VII asrning dastlabki choragida G‘arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko‘chiradi. Hukmdor va malika uchun bu yerda o‘ziga xos qarorgohlar bino qilingan. Choch o‘lkasi o‘z tanga pullari tizimiga ega bo‘lgan. Tangalarning old betida hukmdor surati, teskari tomonida ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamg‘a tushirilgan. Ayrim tangalarda esa, hatto hukmdorga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan. Bunday tasvir hukmdorning malikasi – xvatun (xotun) vazirlik darajasiga ega bo‘lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat beradi. Saroyda u xoqondan keyingi o‘rinni egallagan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling