Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Payg‘ambarga) itoatsizlikni va isyonni yomon ko‘rsatib qo‘ydi”
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
Payg‘ambarga) itoatsizlikni va isyonni yomon ko‘rsatib qo‘ydi” (Hujurot, 7), deb
xabar beryapti. Albatta U mo‘minlarga gunohlarni yomon qilib ko‘rsatdi. Mo‘minlar ularga suyanmaydilar, lekin ular bunga g‘aflat holatida tushib qoladilar. Ular bilan mo‘minni ayblab bo‘lmaydi, agar tavba qilgan bo‘lsa. 120. Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Agar banda tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. Uning amalidagi gunohlaridan yozilgan gunohlarini unuttiradi va uning gunoh qilgan yerini ham unutadi. Osmondagi o‘rnini ham unuttiradi, qiyomat kuni yaratgan maxluqlaridan hech narsa uning zarariga shohidlik bermasligi uchun”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 64 121. Ali ibn Abu Tolib, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Arshning oldida, xalqni yaratmasdan to‘rt ming yil oldin yozilgan bitik bor: “Men tavba qilgan hamda imon keltirib, yaxshi amallar qilgan, so‘ngra to‘g‘ri yo‘lga yurgan kishilarni mag‘firat etuvchidirman” (Toho, 82). X BOB. YANA TAVBA HAQIDA 122. Ibn Abbosdan rivoyat: “Payg‘ambar (s.a.v.) tavba eshigini zikr qildilar. Umar ibn Xattob: “Yo Rasululloh, tavba eshigi nima?” deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Tavba eshigi mag‘ribning orqasidadir, uning ikki tabaqasi tillodan, dur va yoqutdan qoplangan. Eshikning birinchi tabaqasi bilan ikkinchisining orasi tez yurar ulovga mingan kishiga qirq yillik yo‘ldir. Bu eshik Alloh taolo maxluqotlarni yaratgandan beri ochiqdir. Toki quyosh g‘arbdan chiqquncha, Allohning bandalaridan qaysilari tavbai nasux qilsa, uning tavbasi o‘sha eshikdan kiradi”. Maoz ibn Jabal aytdi: “Otam-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasululloh, tavbai nasux qanday bo‘ladi?” Aytdilarki: “Gunohkor o‘zidan o‘tgan gunohga pushaymon bo‘lmog‘idir. So‘ngra Alloh taologa uzr aytib, bu gunohlarni qaytib qilmaydi. So‘ng quyosh bilan oy bu eshikka botadi, keyin ikki tabaqa qaytib yopiladi. Ikkovining orasida nima bor bo‘lgan bo‘lsa, hammasi yig‘iladi. Go‘yoki ikkovining orasida na bir teshik, na bir yorug‘ bo‘lmagan holatga aylanadi. Shu vaqtdan keyin tavba qabul qilinmaydi. Islomda qilingan yaxshiliklari foyda bermaydi, magar oldin muhsin bo‘lgan bo‘lsa, foyda beradi va bu Alloh kalomida bordir: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling