www.ziyouz.com kutubxonasi
80
Allohning lutfu karamidan umidvor bo‘lib, «Yo Robbiy, Samihamni
ham bir pokiza
yetimga
nasib ayla, bugungacha adolat bilan
duolarimni ijobat etganingdek,
qizimga
ham baxtu
saodatli turmush nasib aylab, meni bu turmushni ko‘rib,
halovat topishimga
muvaffaq ayla, o‘ksiklarning, g‘ariblarning, yetimlarning
Sultoni Habibi Akramning
hurmatlariga....» deb duo qilishni unutmasdi. Mana, duosi qabul bo‘lganining ilk
mujdasi. Endigi tilagi Odilbekning bu ishni ma’qul topishi edi.
Uyda to‘yga hozirliklar ko‘rilyapti. Odilaning emaklab qolgan o‘g‘lini bag‘rida
uxlatayotgan BUYuK ONA qo‘lida goho og‘ir-vazmin o‘girilayotgan tasbeh donalari. Goho
deraza oldida ko‘zlaridan biri bilan o‘tirib, ora-sira ko‘ringan
kuyosh ziyosida boqqanida
yuz-qo‘zlarini nurlantirguvchi Qur’onini qizi ham eshitadigan
darajada sokin va mayin
ovozda o‘qirdi. Uning kunlari shu taxlit kechardi...
Tarjimon: Yo‘ldosh Eshbek
Online o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1705.0
www.ziyouz.com
2007