Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
umarbekov ziyouz com
www.ziyouz.com кутубхонаси
161 tushgan ikkinchi yigit. — Kechiringlar!.. — Men boshqa hech narsa deya olmadim. — Qayoqqa ketyapsiz? — deb so‘radi shofyor yigit. «Samarqandga» degan so‘z og‘zimdan chiqib ketganini o‘zim bilmay qoldim. — Buni qarang-a? Yo‘limiz bitta ekan. Qani, o‘tiring! — Shofyor yigit orqa eshikni ochib meni o‘tqazdi. — Paltongiz bir oz chang bo‘libdi, xolos. U joyiga, ikkinchi yigit uning yoniga o‘tirdi Mashinani yurgizar ekan, shofyor yigit zo‘raki kulib qo‘ydi: — Tizzalarim haliyam qaltirab ketyapti. Ammo, opajon, bir falokatdan qutulib qoldik-da! Qani, ketdik! Toshkentdan chiqilganda shofyor yigit sal orqaga o‘girildi. — Mening otim Ismat. Bu kishi o‘rtog‘im — Nurilla. Ikkalamiz ham fizikmiz. Ilmiy-tekshirish institutida ishlaymiz. Keliningiz Samarqand universitetida dissertatsiya yoqlayaptilar ertaga. Adabiyotdan. Navoiy bilan Jomiyning adabiy aloqalaridan. — Men esa, Irodaman. Hamshira. — Qanday qilib og‘zimdan shu gaplar chiqib ketganini sezmay qoldim, qip-qizarib ketganimni butun vujudim bilan payqadim, ammo mashina ichi qorong‘i edi, ular bilishmadi. — Irodaxon opa! — dedi shofyor yigit yana. — Qorin qalay? Mashinada norin bor, qazi, pishgan go‘sht... Balki... — So‘rab beradimi? — deb jerkidi ikkinchi yigit. — Sangzorga yetaylik, to‘xtab, yaxshilab ovqatlanib olamiz. Nima dedingiz? Men bosh irg‘adim. Keyin yigitlarga bilintirmay, sekin-sekin barmoqlarimdan, quloqlarimdan taqinchoqlarimni yechib sumkamga solib qo‘ydim. Durlarimdan bittasini ham bo‘ynimda qoldirmadim. Anchagacha jim bordik. Sirdaryodan chiqqanimizda, shofyor yigit sherigidan so‘radi. — Dacha qilmoqchi edinglar, nima bo‘ldi? — E, so‘rama, — deb javob qildi ikkinchi yigit. — Nanayning etagidan yaxshi joy tanlagan edik. Bir qurilish boshqarmasi bilan shartnoma tuzdik. Boshliqlari borib ko‘rib keldi. Pulini ham kelishdik. Endi qurilish boshlanay deganda hammasi qamoqqa olindi. Boshliqlari ham. Norbo‘taevmidi, Norboevmidi — hozir esimda yo‘q. — Nega? — Hozir ma’lum emas. Aftidan, muttahamlik, qalloblik. — Paxtani tuzatishgan edi, endi navbat qurilishga kelibdi-da! — Nimasini aytasan. Gaplarga qaraganda, bular faqat aldash bilan kun o‘tkazisharkan. — Yaxshi bo‘lmadi-da, — deya xo‘rsindi yigit. — Besh-o‘nta kasofat hammamizga isnod keltiryapti. Bu nokaslarni... Men bir seskanib tushdim. Lekin erimga qancha achinmay, ular haq edi. — Yaramaslar, qachon ularning urug‘i tugaydi?! Xuddi uning gapini eshitmagandek shofyor yigit dedi: — Xafa bo‘lma. Oz qoldi. Yomondan yaxshi ko‘p... Ishlarimiz juda boshqacha bo‘lib ketadi. Sangzorda ovqatlanib, yana yo‘lga tushdik. Tong yorishganda Samarqandga kirib keldik. Men bozor oldida qoldirishlarini iltimos qildim. Shunday qilishdi. Boradigan joyim, qiladigan ishim yo‘q edi. Nega o‘zi Samarqandga borib qoldim — bilmayman. Institutda birga o‘qigan o‘rtoqlarim bor, ularnikiga kirsam, birpas dam olsam bo‘lardi. Lekin nima deb kiraman? Qaysi yuz bilan kiraman? Bozorga o‘tib, rastalarni tomosha qila boshladim. Kuz bozori juda allambalo bo‘ladi. To‘g‘rimi, Sanobar opa? Ayniqsa, Samarqand bozori. Bir tomonda pista-bodom, sho‘rdanak... Bir tomonda quruq meva, bir tomonda ho‘l meva... Ko‘zlaringiz qamashib ketadi. Men Samarqand nonlariga juda ishqivozman. Tavba, qanday qo‘li gul odamlar yopar ekan-a |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling