Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
umarbekov ziyouz com
7 Ko‘ktoy suyakni mahkam tishlaganicha qartaning oxiriga chiqdi. Suv bo‘yidagi majnuntolning sapsariq to‘shakdek bo‘lib yotgan tagiga kelib, omonatgina qo‘ydi. Gir aylanib, qayog‘idan g‘ajishni aniqladi-da, cho‘kkaladi. Odam uchun hali pishib yetilmagan, qirqib olingan yoki taram-taram bo‘lib yopishib yotgan suyak uning uchun eng ko‘ngilli ovqat edi. Uyoq-buyoqqa bir qarab olib, hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, shoshmasdan g‘ajiy boshladi. Og‘ziga har tushgan suyak bir pasda uning arradek o‘tkir tishlari orasida kukundek bo‘lib ketar, Ko‘ktoy shu kukunni miriqib yutardi. Qorni juda ham och bo‘lmagani va suyakning kattaligidan bir soatcha chamasi o‘tgach, u o‘yin qilib yeyaboshladi. Katta-katta suyakni sindiradi. Kichkina bo‘lagini olib osmonga otadi, va shu zahoti og‘zini katta ochib tutib oladi, g‘archillatib yeydi, yo bo‘lmasa suyak bo‘lagini tepaga otadi-da, ag‘darilib, oldingi oyoqlari bilan suyakni tutadi va og‘ziga soladi. Tushga yaqin kimdir tepasida turgandek tuyuldi. Qornini oftobga tutib, chalqancha yotganicha, sekin yoniga ko‘z tashladi. Ikki-uch qadam narida bir laycha it tilini osiltirib, unga zavq bilan qarab turardi. Ko‘ktoy erinibgina ag‘darildi. O’zidan sal yirokdagi kichkina bir umurtqa halqasini oldingi chap oyog‘i bilan yaqinroq surdi va irillab qo‘ydi. Laycha vangillaganicha tiraqaylab qochdi. Shu qochganicha u qishloqqa yetib bordi va barcha itlarni oyoqqa turgazdi. Baland-past, qo‘rquv va do‘q aralash ovozlar, akillab vovullashlar butun qishloqni, ariqqacha chuzilib kelgan g‘o‘zapoyani tutib ketdi. Lekin na bir odam, na |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling