Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
umarbekov ziyouz com
www.ziyouz.com кутубхонаси
178 boshladi. Ko‘ktoy uni allaqachon unutgan, nima qilayotganidan beparvo bo‘lib, tumshug‘ini chelakdan ko‘tarmay, apil-tapil ovqat yeyish bilan ovora edi. Shu payt tog‘orachada suv ko‘tarib, kabobpazning xotini kelib qoldi. — Voy! Voy! Shotursun aka! Bu yoqqa qarang, itingizning ovqatini yeb qo‘yyabdi. Zanjirband it bir-ikki nomiga vovullab qo‘ydi. — Kim yeb qo‘yayabdi? — ichkaridan erkak kishining ovozi keldi. — Chiqing? Devdek bir narsa! — qichqirdi xotini. Kabobpaz keldi. Bir pas qarab turib, qoshlari chimirildi. — Zab it ekan-da! Oyog‘larini, yelkalarini qara! Tog‘angga olib borib bersam naq ming so‘m beradi. Bitta otga yengilmaydi. Chop, arqon olib chiq! Xotin ichkariga yugurdi. Ko‘ktoy birpasda chelakni chip-chinniday qildi. Labla-rini, tumshug‘ini yalab, boshini ko‘targanda, kabobpaz uni erkalab chaqirdi. — Kel, jonivor, kel. Ketma, bir amallab bog‘lab olsam bo‘ldi seni. Zap kelishgan it ekansan-da! Xotini kelib qo‘rqa-pisa yon tomonidan eriga arqonni uzatdi. — Jonivor, jonivor, ketma. Kabobpaz yana nimalar deb turib, arqonni katta sirtmoq qildi-da, poylab turib, Ko‘ktoyning bo‘yniga tashladi. Shundan keyin nima bo‘lganini u ham, xotini ham bilmaydi. Ko‘ktoy ko‘zining qiri bilan kabobpazning qo‘lidagi arqonni ko‘rib turgan edi. Tashlashi bilan o‘zini chap oldi-da, bir «g‘app!» deganicha kabobpazning ko‘kragini ikkala oldingi oyoqlari bilan urdi. Kabobpaz xotiniga o‘zini tashladi, xotini yerga ag‘darildi va dod solib yubordi. Kabobxonadagilar nima bo‘lganini chiqib aniqlagunlaricha Ko‘ktoy katta yo‘lga o‘tib olib, lo‘killaganicha tog‘ tomon ketdi. Kabobpaz belini ushlab o‘rnidan turar ekan, dumini likillatib atrofida jilpanglayotgan itining boshiga alam bilan qo‘lidagi arqonni otdi. — It bo‘lmay o‘l! Ahmoq... Tayyor ovqatini yedirib o‘tirgan it ham it bo‘ldimi?! — Keyin u kiyimlarini qoqib, inqillab o‘rnidan turayotgan xotiniga o‘shqirdi. — Tog‘angning ham padariga la’nat! Shu itni it deb olib berib o‘tiribdi-ya, uch yuz so‘mga. Qo‘y bu, it emas. Allaqachon sovunga berib yuborish kerak! 9 Yetti soyga yetguncha bunday choyxonalar oz emas edi. Ammo kunlar sovib, yog‘ingarchilik boshlanishi bilan ularga qulf solina boshlandi. Kamdan-kam kabobxona ochiq bo‘lar, ular ham ikki- uch soatgina kun isigan tushlik payti ishlar va tezda yopilardi. Shunday bo‘lsa ham Ko‘ktoy och qolgani yo‘q. Albatta avvallargidek endi to‘yib ovqatlana olmas, qog‘ozlarga chala-chulpa o‘rab ketilgan narsalar bilan amal-taqal qiladi. Bir kuni u Yettisoyga kiraverishdagi choyxonaga yetay deb qolganda ikkita pritsepli mashina turganini ko‘rdi. Qadamini sekinlatib, tumshug‘ini choyxona tomiga tutdi. Hech qanday is kelmadi. Ko‘p o‘tmay mashinalar jo‘nadi. Ko‘ktoy hovuz yonidagi temir krovat ustida ochiq-sochiq yotgan non qoldiqlari, besh-oltita sho‘rbaliq kallasi va qiltanoqlarni ko‘rdi. Atrofda hech kim yo‘q edi. Choyxona berk. Ko‘ktoy haligi qoldiqlarni ushog‘ini ham qoldirmay yedi. Keyin suv ichkisi keldi. Hovuzga engashib tumshug‘ini tutgan edi, suv tagidan tumshug‘ini unga tutib turgan oyog‘idek yo‘g‘on qora baliq ko‘rindi. Ko‘ktoy birpas tomosha qilib turdi. Keyin sekin o‘ng oyog‘ini ko‘tarib, baliqning tumshug‘iga tepdi. Oyog‘i tizzasigacha suvga tushib, hovuzni chayqatib yubordi. Baliq ko‘rinmay ketdi. Ko‘ktoy uni axtarib anchagacha hovuzga qarab qoldi. Bir mahal baliq suzib chiqdi. U suv ustida oppoq qorniga ag‘darilib yotardi, bilinar-bilinmas dumi likillar, ammo avvalgi xoliga qaytolmasdi. Ko‘ktoy osonlikcha oyog‘ini uzatib, baliqni o‘ziga tortdi. Baliq qarshilik bildirmadi. Tumshug‘i |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling