Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
26
yurgan kulchadek oy sezilar-sezilmas nur sochyapti. 
—  Shunaqa stantsiyalarning sadag‘asi ketsang arziydi-da! — Termosini ko‘tarib vagonga inspektor 
chiqdi. Sovuqdan qizarib ketgan yuzlarida har doimgidek sevinch barq urib turardi. — Dog‘ suv bor 
ekan. Qani, yuring! 
Uning ketidan kupega kirdim. Ko‘p o‘tmay yana yo‘lga tushdik. Inspektor yaxshilab choy damlab, 
hammamizga bir siqim-bir siqimdan mayiz ulashib chiqqach, tepadagi hamrohimiz o‘z hikoyasini 
boshladi. 
— Men quruvchi-injenerman. Toshkentdagi Olmazor massivida bo‘lgan bo‘lsalaringiz kerak. Shu 
massivdagi yangi uslubdagi ko‘p qavatli turar-joy binolarini biz qurganmiz. Ilgarilari Olmazor nomiga 
mos tushmagan qup-quruq dasht edi. Suv yo‘q, daraxt yo‘q. Bitta-yarimta mashina o‘tib qolsa, yozda 
tuproqqa, qishda loyga botardi. So‘nggi ikki yil ichida massiv o‘zgardi-qo‘ydi. Birinchi bino qad 
ko‘tarishi bilan ko‘pchilik quruvchilar butun mavsum bo‘yi shu yerda yashab ishlashga axd qilishdi. 
Binoning quyosh kam tushadigan tomoniga chodirlar tikib yashay boshladik. 
Men ko‘p qurilishlarda bo‘lganman. Mirzacho‘lda ham, Ohangaronda ham. Lekin Olmazorning 
nimasidir meni o‘ziga rom qilib qo‘ygan edi. Balki ishning ko‘p va tezkorligidir, bilmadim. Har holda 
qandaydir yangicha kuch va hayajon bilan men ham ishga kirishib ketdim. Kompleks brigadasiga 
boshliq qilib qo‘yishdi. Buni qarangki, hammasi yoshlar. Avval ranjidim. Xuddi boyagi siz aytgan gap 
miyamdan o‘tdi. Hatto boshliqlarga to‘polon qilib kirdim. Kulishdi. Oyog‘imni tirab turib oluvdim, 
mayli, boshqa brigadalarni ko‘r, istagan odamingni ol, deyishdi. Lekin olmadim. Bunday qarasam, 
qolgan brigadalarda ham deyarli yoshlar ekan. Buning ustiga, bekorga ranjigan ekanman, meni 
shoshirib Qo‘yishdi. Hammasi emas, albatta, lekin ko‘pchiligi. Ishdan qochish degan gap yo‘q, brak 
yo‘q. Aytganingizni kilishadi. Qurilishda bundan muhimroq yana nima bo‘lishi mumkin? Qirq sakkiz 
kvartirali g‘isht uyni birinchi gal roppa-rosa bir yarim oyda bitkazdik. Bu, albatta, katta yutuq. Ishlar, 
umuman, yaxshi edi, bolalarning dimog‘i chog‘. Ular xursand bo‘lgandan keyin, mening ham do‘ppim 
yarimta edi. Boshqarmada Olmazorning orqa tomoniga tushadigan binoni bermoqchi bo‘lishuvdi, 
ko‘nmadim. Bu yerda anchagina qiynalishga to‘g‘ri kelardi. Chunki imorat pastlikka qurilishi kerak 
edi. Bu, poydevorni chuqur qazish degan so‘z. Lekin yigitlar g‘ayrati jo‘shib ketganidanmi yo bu 
qiyinchilikni qiyinchilik sanashmaganidanmi, olavering, quramiz, deb qolishdi. Oldim. Keyin bilsam
bularning gapida ham jon bor ekan. Olmazorning orqa tomonida katta ariq bo‘lib, yonverida ozmi-
ko‘pmi daraxtlar bor ekan. Yoshlik-da, ish og‘ir bo‘lsa ham mayli, lekin ko‘ngil chog‘ bo‘lsin. 
Shunday qilib, yana ishga tushib ketdik. Ikkita buldozer yerni tekislay boshladi, ikkita ko‘tarma 
kran keltirildi. To ularni o‘rnatguncha, yigitlarning bo‘shlari chodirlarni ko‘chirish bilan ovora 
bo‘lishdi. Yozning o‘rtalari edi o‘shanda. Jazirama issiq tomoqni quritadi, ko‘ylak-shim o‘shanda. 
terdan badanga sirachday yopishib ketgan... Imoratni qurib bitirgandan keyin gashti kat-ta-yu, azobi 
ham chakki emas. Axir, o‘ylab ko‘ring, uyingizda bitta cho‘pni u yerdan-bu yerga olib qo‘yish uchun 
necha marta egilasiz-turasiz! Bu imorat-ku! Tag‘in qanaqasi deng! Yoshlikda e’tibor bermas ekansan 
kishi. Ammo ulg‘ayganing sari mehnatning qadriga yetar ekansan. Ayniqsa, har bir g‘ishtida o‘zingdan 
bir nima qolgan binoni ko‘rsang, shunday bo‘lar ekan. 
Ana shu paytlari brigadamizda yangi bir yigit paydo bo‘lib qoldi. Boshqarmada, institutga 
kirolmabdi, biron ishga qo‘y, otasi iltimos qilib keldi, deyishdi. Nima derdim, xo‘p, dedim. Lekin uni 
ko‘rdimu, ensam qotib ketdi. Nega desangiz, u hali yuziga oftob tegmagan nozik yigitlardan edi. 
Jussasi ham kichkina, qurilishdagi yigitlarga mutlaqo o‘xshamaydi. Maktabni bitirganu, institutga ariza 
bergan, lekin kirolmagan. Hayotidagi birinchi ko‘rgan qiyinchiligi ham shu bo‘lsa kerak. Lekin nima 
qilasiz? Ishga kelgandan keyin bironta ish berasiz-da. Avval boshim qotdi. Nima ishga qo‘yishni 
bilmadim. Oxiri, o‘ylab-o‘ylab sim qirqadigan dastgohga qo‘yib qo‘ydim. Bilasizlarmi, yo‘qmi, beton 
plitalarni poydevorga yotqizilganda orasiga sim tiqib ketiladi. Birinchidan, bu, plitalarni bir-biri bilan 
ulaydi. Ikkinchidan, g‘isht terayotganda ko‘z adashmaydi. Shunday qilib desangiz, yigitcha ishga 
tushib ketdi. Lekin rosa bizni xunob qildi. Ish boshlagan kunidayoq undan shikoyat ustiga shikoyat 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling