Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
27
yog‘ilib ketdi. 
Avval men kuldim-qo‘ydim. Besh panja baravar emas, bir kun oldin-bir kun keyin o‘rganib ketar, 
deb o‘yladim. Lekin men o‘ylagancha bo‘lmadi. Bir kuni tush payti hammamiz ovqatlanib bo‘lib 
ariqning labida o‘tirgan edik, slesarimiz Fatxilla degan yigit bir bog‘lam sim ko‘tarib kelib qoldi. 
Qovog‘i soliq, ko‘zlaridan o‘t chaqnaydi. Uni hech qachon bunaqa ahvolda ko‘rmagandim. Fatxilla 
brigadamizdagi eng quvnoq, sho‘x yigitlardan edi. Hatto, o‘zi bilan o‘qiydigan bir qizni talashib, 
o‘rtoqlaridan bittasini pichoqlab qo‘ygani uchun institutdan haydalgan, qamalib ham chiqqan. 
Qamoqdan hunarli bo‘lib kelib, qurilishlarda ishlab yurgan. Ohangaronda mening brigadamga tushib 
qoldi. Shu-shu qayoqqa borsam, men bilan birga. Ana shu yigitning avzoyini ko‘rib, hayron qoldim. 
—  Ha, nima bo‘ldi? — so‘radim undan. 
Fatxilla javob o‘rniga qo‘lidagi simlarni oyog‘im tagiga tashladi. Keyin, ro‘paramga o‘tirib, «chirs» 
etib tupurdi-da, yer ostidan menga tikildi. 
—  Bu oyimqizni qaerdan topdingiz? 
Hamma kulib yubordi. 
— Nega kulasanlar? — dedi Fatxilla do‘q aralash tishlarini qisirlatib. Bolalar jim bo‘lishgach, u 
yana menga qaradi. — Qilgan ishini ko‘ring! Axir ko‘r odam ham bunaqa qirqmaydi-ku! 
Men oyog‘im tagida yoyilib yotgan simlarga qaradim. Fatxillaning jahli chiqqanicha bor ekan: 
simlarning hammasi har xil qirqilgan edi. 
— O’lchab bermaganimdayam mayli edi, bilmagan-da, der edim, — kuyunib gapirdi Fatxilla. — 
Ertalab kelishlari bilan qo‘llariga metrni tutqazdim. Uch metr-uch metr qilib qirqasiz, dedim. Bu ham 
yetmaganday, bittasini o‘zim qirqib o‘lchov qilib berdim. Skladga borib kelgunimcha hammasini rasvo 
qilibdi-qo‘yibdi! 
— O’ziga ko‘rsatdingmi? 
— Ko‘rsatish ham gapmi? Burniga tiqib olay dedimu o‘zimdan cho‘chidim. — Yigitlardan bittasi, 
piqir-piqir kula boshladi, lekin Fatxillaga ko‘zi tushishi bilan kulgisi og‘zida qoldi. — Innaykeyin, 
Usmon aka, jon aka, rostini aytsam, menga shogird kerak emas. Ana, Vosiqqa bering, g‘isht terishga 
o‘rgatsin. 
— Nima? Nima deding?! — oyoqlarini suvga solib o‘tirgan Vosiq Fatxillaga o‘qraydi. Fatxilla 
butun qurilishda faqat undan hayiqardi. Oralarida nima o‘tgan, bilmayman, lekin kamgap, og‘ir 
tabiatli, to‘ladan kelgan bu yigitning gaplarini Fatxilla nimagadir hech mahal ikkita qilolmasdi. 
Bilasizmi, ba’zan shunday odamlar bo‘ladiki, ular seni nimalari bilandir o‘zlariga sehrlab oladilar, 
ularni xafa qilging kelmaydi. Yo bo‘lmasa, doim ularning aytganlarini bajo keltirging keladi. Vosiq 
ham nima bilandir Fatxillani o‘ziga sexrlab olgan edi. Uning shu, nima deding, so‘zining o‘zidayoq 
Fatxilla gangib qoldi. 
—  Hazil-ku bu, hazilni tushunmaysanmi? — dedi guldirab. 
—  Xo‘p, bu ikkinchi masala, — dedim men. — O’zi qani? 
— Ushatda, — ensasi qotib gapirdi Fatxilla. — Oyisi bir xalta varaqi somsa berib yuborgan ekan, 
kavshab o‘tiribdi. 
— Qani, chaqir-chi! 
— Men bormayman, ko‘rgani toqatim yo‘k. 
— Somsa yevotgan bo‘lsa, Parpi borsin, — dedi kulib Vosiq. 
Parpi pakana, baqaloq yigit. Unga yaxshi ovqat bo‘lsa bo‘ldi, boshqa hech narsa bilan ishi 
bo‘lmasdi. Dam olish kunlari qurilish choyxonasida osh qilishadigan bo‘lsa, yarmi hazil-yarmi chin 
qabilida unga alohida laganda uyub berilardi. Shunday bo‘lsa ham, o‘zinikini yeb bo‘lib, bizning 
laganga qo‘l cho‘zardi. O’shanda ham somsaning daragini eshitib: 
— Mayli, borsam bora qolay, — deb dik etib o‘rnidan turdi. 
—  Ja bo‘lmasa, xaltasi bizga qolsin, — dedi kimdir. 
— Xomtama bo‘lma, ochofat, oyimqizga o‘zim tuya qilib beraman. 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling