www.ziyouz.com кутубхонаси
273
— Yoshsan. Turmushing hali yaxshi bo‘lib ketadi. Ajab emas, yaxshi bir odamni uchratasan hali...
— Botirali bitta, tog‘a, — dedi u boshini ko‘tarib.
Bahslashgim, gapini ikkita qilgim kelmadi. Anchagacha asta-sekin so‘nayotgan yulduzlar,
oqarayotgan tun sukunatiga quloq solib o‘tirdik.
Tonggi g‘ira-shirada O’g‘iloy Namanganga jo‘nadi. Katta ko‘chagacha kuzatib chiqdim. U taq-tuq
qilib, shaxdam-shaxdam qadam tashlab borar ekan, orqasidan uzoq qarab turdim. Mening o‘g‘ilbola
jiyanim, jigarim, bu o‘zgaruvchan, notinch hayotda shu yurishing yo‘qolmasin, omon bo‘l!