Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
227
— Xo‘p, — jilmaydi dili yorishib Sabohat Qodirova. 
— Habibni yuboraman. Olib qeladi. 
Sabohat Qodirova esladi: Habib — kechagi ma’mur yigit edi. 
— Ovqatga nima qilay? Ertalab aytmading. 
— Osh-da!.. 
— Kecha yeding-ku? 
— Picha olataroq bo‘lib qoldi. O’zingiz qilib bering. Kontsertdan birga qaytamiz. Xo‘pmi, oyi? 
— Xo‘p, — dedi Sabohat Qodirova va ancha vaqt uzilgan telefon trubkasining kalta-kalta ovoziga 
quloq solib turdi. U o‘zida yo‘q xursand edi. 
1993 yil, avgust. 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
228
MEHMONDORCHILIK 
 
Bu voqeaga ancha bo‘ldi. Lekin har doim do‘st-u birodarlar bilan mashinada mehmondorchilikka 
boradigan bo‘lib qolsak, esimga tushadi, butun vujudimni qandaydir ko‘tarinki ruh, iliqlik qoplaydi. 
Shu elning farzandi ekanligimdan, shu tuproqda kindik qonim to‘kilganidan g‘ururlanib ketaman. 
Saratonning o‘rtalari edi. Kunlar issiq, ertalabdan namiqa boshlagan badaningda, dimog‘ingda 
yozning issiq nafasini sezibgina qolmay, hatto jimirlashini ko‘rasan odam, ko‘z oldingda o‘nlab, 
yuzlab lovullagan halqachalar paydo bo‘lib, kipriklaringni bir-biriga yopishtiradi, peshonangdan, 
quloqlaringning orqasidan oqib tushayotgan issiq ter tomchilari rashingga tegadi, artasan, artgan joylari 
esa achitib og‘riy boshlaydi. Ko‘ngling shabboda esib turgan salqin joy, muzdek havo istab qoladi. 
Shunday kunlarning birida, do‘stim Umid Nazarov bizni Qorasaroyga mehmonga olib boradigan 
bo‘ldi. 
— Bormasak bo‘lmaydi. Yakshanba kuni kelamiz, deb va’da berganman. Xursand bo‘lasizlar. 
Hovlining o‘rtasidan katta ariq o‘tgan. O’rik, olma pishib yotibdi! Salqin!.. G’ir-g‘ir shabada!.. 
Umid Qorasaroydan o‘tib ketayotganda mashinasi buzilib qolib, tasodifan shu hovlining egasi 
tuzatib berganini, yozuvchi odam bilan tanishganidan nihoyatda xursand bo‘lib ketganini og‘zi to‘lib 
gapirib berdi. Tolibjon, tanishgan odamining ismi shunday ekan, biz tengi bo‘lib, kolxoz garajining 
mudiri ekan. Keraksiz, deb tashlab 
yuborilgan temir-tersaklardan quling o‘rgilsin bir mashina yasab olibdi. Umid mashinaning 
qandayligini, mashina egasining qo‘li ochiq, tanti bir odamligini gapirib bizni qiziqtirib qo‘ydi. 
Qorasaroyga borishga kelishdik. 
Yakshanba kuni ertalab to‘rt er-xotin ikkita mashinada yo‘lga tushdik. Erkaklar Umidning 
mashinasiga o‘tirishdi, ayollarni mashinam yangiroq bo‘lgani uchun men olib ketdim. Bir-ikki joyda 
to‘xtab, bir soatdan so‘ng Qorasaroyga kirib bordik. Umid qishloqning markaziga yetganimizda, ma-
shinasini to‘xtatib, tushdi-da, menga o‘tiraveringlar, degandek ishora qilib, somsaxona oldida to‘planib 
turgan yigitlar yoniga borib so‘rashdi. Kimdir to‘pdan chiqib, unga nimalarnidir tushuntirdi. Umid 
minnatdorlik bilan qo‘lini qisib xayrlashdi. 
Aftidan adresni aniqlab oldi nazarimda, keyin menga ketdik, degandek, qo‘lini silkitib, odati 
bo‘yicha sakrab mashinasiga o‘tirdi. Shu zahotiyoq ostidagi mashina pishqirib, orqa g‘ildiraklarini 
chiyillatib yo‘lga tushdi. Chang tarqashini biroz kutib men ham gazni bosdim. 
Qorasuv daryosi ustidagi keng taxta ko‘prikdan o‘tib, o‘ngga burildik. Shu yerdan dala havosi 
boshlandi. Biz burilgan bog‘ ko‘cha katta yo‘ldan ancha past edi. Ikki tomoni terakzor, ariqlarda 
sharqirab suv oqib turibdi. Ko‘pgina imoratlar yaqinda ko‘tarilgan bo‘lsa kerak, qora suvoqdan 
chiqmagan, tomlari endi yopilaboshlagan edi. Yangi qurilayotgan imoratlarning dilni ochadigan 
jozibasi bo‘ladi. Shu jozibaga yo‘lning chetida qorni to‘yib kovshanib yotgan sigir, ariq labida erinib 
o‘t chimchilayotgan qo‘y-qo‘zilar qo‘shilib, odamga tinchlik, xotirjamlik bag‘ishlaydi. 
Shu ko‘chadan qancha yurdik, bilmadim, har holda uzoq yurmadik. Umid hali bo‘yalmagan, ammo 
aliflab qo‘yilgan olataroq darvoza yonida mashinasini to‘xtatdi. Derazadan qo‘lini chiqarib, keldik, 
degan ishora ham qilib qo‘ydi. Men uning zangori «Moskvich»i orqasiga o‘tib to‘xtadim. 
Umid hech kimni kutmasdan dadil qadamlar bilan ochiq darvozadan ichkariga kirib ketdi. 
Orqasidan biz ham darvo-za tomon yurdik. Ammo ichkariga kirmadik. 
— Assalomu alaykum-m! — baland ovozda kim balandir so‘rashdi Umid. — Mehmonlarni qabul 
qilasizlarmi? Mana keldik! 
— Assalomu alaykum!.. Kelinglar! — ayol kishining yumshoq ovozi eshitildi. 
«Qani yuringlar!» — degandek men ichkariga ishora qilgan edim, ayollar ko‘nishmadi. 
Mezbonning kelishini kutadigan bo‘ldik. 
— Yaxshimisiz? Tinchmisiz? Xo‘jayin qanilar? Yo bizni chaqirib, o‘zlari boshqa yoqqa ketib 
qoldilarmi? 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling