Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
69
SOAT 
 
Biz ko‘pchilikmiz. Dadam, oyim, men. To‘rtta ukam ham bor. Oyim bilan dadam ishlashadi. Men 
o‘qiyman, ikkita ukam ham o‘qiydi. Shuning uchun ham har bir xonada soat bor. Bittasida osma soat
bittasida budilnik... Lekin hech qaysimiz bu soatlarga qaramaymiz. Oyimlar o‘zlari yurgizib tursalar 
ham, qaramaydilar. Hammamiz vaqtni dadamlardan so‘raymiz. Ularning qo‘l soatlari bor. Oddiy, lekin 
katta soat. Bilaklariga zo‘rg‘a sig‘adi. Budilnikka o‘xshab «jarang-juring», «jarang-juring», qilib 
yuradi. 
Bu soat buvamlarniki. Ular urushda halok bo‘lganlar. Uyga qoraxat bilan shu soat kelgan. O’shanda 
dadam ham frontda edilar. Oyim qutichaga solib berkitib qo‘yganlar. Dadam qaytib kelganlaridan 
keyin ham anchagacha ko‘rsatmaganlar. Men tug‘ilganimdan keyin ko‘rsatganlar. Shundan beri 
qo‘llaridan tushmaydi. 
Ishxonadan taqdim qilishgan soatlari ham bor. Taqmaydilar. Shuni taqadilar. 
Tanish-bilishlari ba’zan: 
— Boshqasini taqing, eskib ketibdi-ku! — deyishadi. 
Shunda: 
— Bu oddiy soat emas, dadamlarniki, — deydilar. Yaqinda men texnikumga kirdim. 
— Mana, — dedilar shunda qo‘llaridan yechib, — katta bo‘lib qoldingiz. Siz taqing. 
Endi uyda vaqtni hamma mendan so‘raydi. Dadamlarning o‘zlari ham mendan so‘raydilar. Minut, 
sekundigacha aytib beraman soatimga qarab. U judayam katta. Bilagimga zo‘rg‘a sig‘adi. Budilnikka 
o‘xshab «jarang-juring», «jarang-juring» qilib yuradi. Raqamlariga dog‘ tushgan. Lekin oddiy emas
dadamlarniki. 
1963 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling