6.2. Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar
Davlat maqsadli jamg‘armalariga
majburiy ajratmalarni to‘lovchilar
quyidagilardir:
-yuridik shaxslar - O'zbekiston
Respublikasining rezidentlari;
-oddiy shirkat ishlarini yuritish
zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) -yuridik
shaxs.
Quyidagilar davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy
ajratmalarning to‘lovchilari bo‘lmaydi:
-notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;
-yagona soliq to‘lovini va (yoki) yagona yer solig‘ini to‘lovchi
yuridik shaxslar.
-umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchi mikrofirmalar va kichik
korxonalar, bundan aktsiz to‘lanadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi
va yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali
qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar
mustasno.
Agar boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sof tushum davlat
maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarning soliq solish ob'ekti
va soliq solinadigan bazasidir.
Soliq solish ob'ekti va soliq solinadigan baza quyidagilardan
iborat:
1) issiqlik va suv ta'minotini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
uchun - mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat
solig‘i va tegishincha issiqlik ta'minoti korxonalari uchun issiqlik
quvvatining, suv ta'minoti korxonalari uchun suvning xarid qiymati
chegirib tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi;
2) qurilish, qurilish-montaj, ta'mirlash-qurilish, ishga tushirish-
sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaruvchi yuridik
shaxslar uchun - o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish,
qurilish-montaj, ta'mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-
qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib
tashlangan holdagi qiymati. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni
materiallar bilan ta'minlash majburiyati shartnomaga binoan
buyurtmachining zimmasida bo‘lsa, ushbu materiallarga bo‘lgan mulk
Do'stlaringiz bilan baham: |