Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Yagona ijtimoiy to‘lov
STAVKASI
69
 
Soliq solinadigan baza 
Stavka, foizda 
Mikrofirma va kichik korxonalar, shu jumladan
fermerlik xo‘jaliklari 
15* 
1-bandda ko‘rsatilganlardan tashqari to‘lovchilar 
25* 
Izoh: *) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-
fevraldagi «Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona 
ijtimoiy to‘lovni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi 26-son 
qaroriga muvofiq mikrofirmalar va kichik korxonalar (fermer 
xo‘jaliklari bundan mustasno) 2015 yil 1 yanvardan boshlab yagona 
ijtimoiy to‘lovni belgilangan stavka (15 foiz) bo‘yicha, biroq har bir 
xodimga eng kam oylik ish haqining 65 foizidan kam bo‘lmagan 
miqdorda hisoblaydilar. Fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy 
to‘lovni belgilangan stavka (15 foiz) bo‘yicha, biroq har bir xodimga 
eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda 
hisoblash tartibi saqlab qolindi. 
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona 
ijtimoiy to‘lov davlat maqsadli jamg‘armalari hamda Kasaba 
uyushmalari federatsiyasi Kengashi o‘rtasida belgilangan tartibga 
muvofiq quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi: 
69
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-son qaroridan olindi. 
Yagona ijtimoiy to‘lov-
ni va sug‘urta badalla-
rini hisoblab chiqarish 
hamda to‘lash tartibi


292
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 
- 14,8 
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi 

0,1 
1. 
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi 
Kengashi 
- 0,1 
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 
- 24,8 
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi 

0,1 
2. 
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi 
Kengashi 
- 0,1 
Sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqiga nisbatan 8.0 foiz 
miqdorida belgilangan. 
Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari har oyda soliq 
solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan 
holda hisoblab chiqariladi. 
Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan 
to‘lanadi, sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab 
qolinadi va soliq agentlari tomonidan o‘tkaziladi. 
Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallarining hisob-kitobi soliq 
bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq 
to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot 
davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari 
bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim 
etiladi. O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali 
amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasining norezidentlari 
tomonidan yil yakunlari bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta 
badallariga doir hisob-kitob hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga 
qadar taqdim etiladi(14-ilova). 
Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallarini to‘lash har oyda, 
hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga 
oshiriladi. 
Sug‘urta badallari soliq 
to‘lovchining kalendar oyda ishlagan 
kunlari sonidan qat'i nazar, majburiy 
tartibda quyidagicha to‘lanadi: 
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar 
tomonidan - oyiga eng kam ish 
haqidan kam bo‘lmagan miqdorda; 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling